"Tottenxem" va "PSJ" sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gavining o‘yinini yoqtirishini qayd etdi.
"Sevimli ispaniyalik futbolchi? Gavi. Menga Pablo juda yoqadi, men uni juda qimmat futbolchi sifatida ko‘raman.
U juda raqobatbardosh va qobiliyatli. Uning jahon chempionatidagi o‘yinini intiqlik bilan kutaman", - dedi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli xavbek Ispaniya bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCHda ishtirok etadi.