"Bude-Glimt" vingeri Ola Solbakken "Roma"ga o‘tadi.
Yaqin soatlarda 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Rimga keladi. U italiyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi - uning Norvegiya jamoasi bilan shartnomasi 31 dekabrga qadar amal qiladi.
"Roma" va futbolchi o‘rtasida bir necha oy oldin og‘zaki kelishuvga erishilgan edi.