Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lukakuni ahvoli qanday? Martines javob berdi

Lukakuni ahvoli qanday? Martines javob berdi

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa hujumchisi Romelu Lukaku o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.

"Inter" hujumchisi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagani uchun jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Kanada termasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Ro‘yhatimizdagi 25 nafar futbolchi ajoyib jismoniy holatda, faqat Lukaku muammoga duch keldi" - dedi Martines o‘yinoldi matbuot anjumanida.

"Ammo biz uning tiklanish jarayonida erishgan yutuqlaridan mamnunmiz. Biroq, Romelu ikkinchi yoki uchinchi turgacha u ideal formasiga kela oladimi yoki yo‘qmi, buni hozircha ayta olmayman", - deya qo‘shimcha qildi Belgiya terma jamoasi ustozi.

Kiritildi: 23:28, 22.11.2022.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.