Jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. 25 noyabr kuni guruh bosqichining 2-tur bahslariga start berildi: "A" va "B" guruhlari jamoalari to‘rtta o‘yin o‘tkazishdi. Uchrashuvlar ham, natijalar ham kutilmagan bo‘lib chiqdi.
Eron Uelsni qo‘shib berilgan daqiqalarda "tiz cho‘ktirdi"
O‘yin kunining boshlang‘ich o‘yini Uels va Eron terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 1-turda Osiyo terma jamoasi Angliyadan mag‘lubiyatga uchragandi (2:6), uyelsliklar esa AQSH bilan o‘yinda (1:1) mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. 2-turda Eron raqibdan ancha qiziqroq ko‘rindi, bir qancha vaziyatlar yaratdi, ammo Karlush Keyrush shogirdlariga ko‘p vaziyatlarda omad kulib boqmadi.
UYEls terma jamoasi darvozaboni Ueyn Xennessi Mehdi Taremiga nisbatan qoidani buzdi. Bosh hakam Mario Eskobar avvaliga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq takroriy vaziyatni ko‘rib, yanada qattiqroq jazo qo‘lladi – uelsliklarmaydonda o‘n kishi qoldi. Hakam uchrashuvga to‘qqiz daqiqa qo‘shib berdi. Qo‘shib berilgan 8-daqiqada eronlik Cheshmi uzoq masofadan ajoyib zarba berdi va hisobni ochdi. Keyinchalik esa Ramin Rezayan yakuniy hisobni o‘rnatdi(0:2).
Mezbonlar gol urdi, lekin yana mag‘lub bo‘ldi
Qatar terma jamoasi yana muxlislarini hafsalasi pir qildi. Jahon chempionati mezbonlari ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga uchradi – bu safar ular Senegaldan ranjidi. Birinchi o‘yindan farqli o‘laroq, qatarlik futbolchilar bitta gol urishdi - bu jamoa tarixida jahon chempionatlarida birinchi bo‘ldi. Uning muallifi Muhammad Muntari edi. Ammo bu vaqtga kelib afrikaliklar ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishardi. Avvaliga Buye Dia himoyachining xatosidan foydalandi, keyin esa burchakdan oshirib berilgan to‘pni Famara Diyediu darvozaga joylab qo‘ydi. Yakuniy hisobni Bamba Diyeng o‘rnatdi - aynan uning zarbasi g‘olib haqidagi barcha savollarni olib tashladi(1:3).
Jasoratli Ekvador Niderlandiyadan ochko oldi
Kodi Gakpo JCH-2022ning eng tezkor golini oltinchi daqiqada urganida, Ekvador yirik mag‘lubiyatga uchrashi tahmin qilindi. Biroq janubiy amerikaliklar raqibdan qo‘rqmadilar va hatto tanaffusga qadar gol urishdi. Biroq hakamlar jamoasi ofsayd tufayli bu golni bekor qildi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida Ekvador yetakchisi Enner Valensiya yana gol urdi(1:1).
Angliya muxlislar hafsalasini pir qildi
Kechki uchrashuvdan umidlar katta edi, ammo jamoalar ularni oqlay olishmadi. Va agar AQSH jamoasi dadil o‘yin va munosib javob bilan hayratda qoldira olgan bo‘lsa, inglizlar muxlislani yomon o‘yini bilan ranjitdi. Angliya tarkibida Xarri Maguayr uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilganidan ham o‘yin qanday bo‘lganini tasavvur qilish mumkin.
Har ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi, ammo natija golsiz durang. Endi inglizlar ham, amerikaliklar ham so‘nggi turda o‘z muammolarini hal qilishlari kerak bo‘ladi.
Bugun bizni qanday uchrashuvlar kutib turibdi?
Biz yana to‘rtta o‘yinni kutmoqdamiz. Robert Levandovski jahon chempionatlarida birinchi golni uradimi? Saudiyaliklar yangi jasorat yaratadilarmi? Argentina nimadir qila olishini isbotlaydimi?
15:00. Tunis - Avstraliya
18:00. Polsha - Saudiya Arabistoni
21:00. Fransiya - Daniya
00:00. Argentina - Meksika.