Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Saudiya ertagi davom etadimi? Bu safar Levandovskini to‘xtatish kerak (prevyu)

Saudiya ertagi davom etadimi? Bu safar Levandovskini to‘xtatish kerak (prevyu)

Baho:
+ | -

Polsha terma jamoasi birinchi tur uchrashuvida beqaror o‘yin ko‘rsatdi va shu tariqa bir ochko bilan polyaklar ikkinchi o‘rinni meksikaliklar bilan bo‘lishib turishibdi. Saudiya Arabistoni Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 3 ochko bilan «S» guruhida peshqadamga aylandi.

Polsha

1. Kristyan Belik va Bartosh Bereshinski jarohat oldi

Meksika bilan o‘yin Polsha uchun har tomonlama omadsiz bo‘ldi: «oq-qizillar» nafaqat hujumda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, balki jarohatlar tufayli asosiy tarkibning ikki futbolchisini ham yo‘qotdi. Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Meksika bilan o‘yindan keyin aytishicha Bartosh Bereshinski va Kristyan Belik mushaklaridan jarohat olgan.

Jarohati ham ahamiyatsiz bo‘lgan Belikning yo‘qligi jamoaga ta’sir qilmasa, Bereshinskiyning yo‘qligi muammo. Bartosh - «oq-qizillar»ning asosiy markaziy himoyachisi, u «Sampdoriya»da ajoyib mavsum o‘tkazdi va boy tajribaga ega. Uning o‘rnini "Aston Villa" zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib formasini yo‘qotgan Yan Bednarek egallashi kutilmoqda.

2.Robert Levandovskining holati

Polsha terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purari sifatida Robertdan ko‘p narsa kutilmoqda, ammo hozircha hujumchi umidlarni oqlay olmadi. U hali ham jahon chempionatida gollar hisobini ocholmayapti va Meksika bilan qarama-qarshilikda u yomon o‘yin o‘tkazdi: u darvozaga atigi ikkita zarba berdi, penalti ishlab oldi, lekin uni golga aylantira olmadi.

Saudiya Arabistoni

1. Saudiya Arabistoni asosiy himoyachisi jarohat olgan

Argentina bilan uchrashuvning eng so‘nggida Saudiya Arabistoni posboni jamoadoshi Yosir ash-SHahroniga tizza bilan zarba berib yubordi. Oqibatda Yosirning jag‘i, yuz suyaklari singan va miyasi chayqalgan, shu sababli u jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Ash-SHahroni Saudiya Arabistoni terma jamoasining asosiy o‘yinchisi bo‘lib, u uchun 62 ta o‘yin o‘tkazgan.

2. Erve Renar saudiyaliklarga Argentina ustidan qozonilgan g‘alabadan xursand bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Erve Renar Zambiya va Kot-d’Ivuar termalarini Afrika kubogida g‘alabaga olib kelgan tajribali mutaxassis. Erve nafaqat yaxshi taktik, balki kuchli motivator hamdir, bu juda kamtarona futbolchilar tanloviga ega Saudiya Arabistoni uchun juda muhim.

Argentina ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng saudiyaliklar milliy qahramonga aylanishdi va hukumat ularga eng "yog‘li" mukofotlar berdi. Biroq, "cho‘l burgutlari" eyforiyada qolmaydi - Erve Renar ularga buni qilishga ruxsat bermaydi.

Polsha terma jamoasi Robert Levandovski, Arkadiush Milik va Piotr Zelinskilarni maydonga tushirish uchun, albatta, 3-5-2 sxemasidan chekinadi. «Oq-qizillar» katta ehtimol bilan 3-4-1-2 o‘ynashadi. Jarohat olgan Bartosh Bereszinski o‘rniga Yan Bednarek maydonga tushadi.

Saudiya Arabistoni Argentina bilan o‘yinda bo‘lgani kabi 4-1-4-1 ko‘rinishida o‘ynaydi. Ammo tarkibda majburiy o‘zgarish bo‘ladi: chap qanotda himoyada jarohat olgan Yosir ash-SHahroni o‘rniga Muhammad al-Breyk paydo bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:43, 26.11.2022.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.