Polsha terma jamoasi darvozaboni Voysex Shesni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Jamoalar JCH-2022 guruh bosqichining 2-turida o‘zaro kuch sinashmoqda. Uchrashuvning 45-daqiqasida polshalik himoyachi Kristyan Belik o‘z jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzdi. Uchrashuv bosh hakami Uilton Sampayo videotakrordan so‘ng penalti belgiladi.
Saudiyalik yarim himoyachi Salem Al-Dosari nuqtadan zarba berdi, Shesniy uning zarbasini qaytardi. Qaytgan to‘pga Muhammad Al-Breyk birinchi yetib keldi ammo uning zarbasini ham kiper qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.