Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

O‘zbek futbolining 2022 yildagi eng yaxshilari taqdirlandi

O‘zbek futbolining 2022 yildagi eng yaxshilari taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 26 noyabr kuni Zo'r TV Renaissance Hall mezbonlik qilgan o‘zbek futbolining 2022 yildagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:


“O‘zbek futboli nuroniysi”

O‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, Shuhrat medali sohibi — Birodar Abduraimov “O‘zbek futboli nuroniysi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Fidoyilik ramzi”

Qariyb 35 yildan buyon qo‘qonlik futbol muxlislari, Qo‘qonga tashrif buyurayotgan futbol jamoalari uchun xizmat qilayotgan inson, 70 yoshli Anvar Oxunov “Fidoyilik ramzi” sovrini bilan taqdirlanadi.

“Yil hakami”

Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova “Yil hakami” sovrinini qo‘lga kiritdilar.

“Fair Play”

“Xorazm” futbol klubi 2022 yilning “Fair Play” sovriniga munosib deb topildi.

“Eng yaxshi yoshlar murabbiyi”

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov “Eng yaxshi yoshlar murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.

Nishonov O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida joriy yilning avgust oyida Yaponiyada o‘tkazilgan “CBC Cup” turnirida ishtirok etdi. Musobaqa davomida “Shizuoka”, Yaponiya va Urugvay yoshlar terma jamoalaridan uston kelib, yakunda chempionga aylandi. Bundan tashqari, uning jamoasi sentyabr oyida Maldiv, Myanma, Saudiya va Xitoy yoshlar jamoasini mag‘lub etib, U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichini guruh peshqadami sifatida yakunladi.

“Yosh Yulduz”

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev “Yosh Yulduz” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fayzullayev joriy mavsum Superliganing 21 ta o‘yinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Eng yaxshi futzal murabbiyi”

Joriy yil Kuvaytda o‘tkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, “Jizzax Kenteks” bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi g‘olibi — Bahodir Ahmedov “Eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi futzalchi”

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda “BMB” klubi yetakchisi Husniddin Nishonov “Eng yaxshi futzalchi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nishonov yakunlangan mavsumda futzal bo‘yicha Osiyo kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi, shunindek, “Jizzax Kenteks” safida mamlakat chempionligi hamda kubogi g‘olibiga aylandi.

“Ayollar Oliy ligasi murabbiyi”

“Sevinch” klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan “Ayollar Oliy ligasi murabbiyi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi”

“Sevinch” klubi vakilasi Maftuna Shoyimova “Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Ayollar Oliy ligasi to‘purari”

“So‘g‘diyona-W” klubi yetakchisi Diyora Xabibullayeva 37 ta gol bilan joriy mavsumning “Ayollar Oliy ligasi to‘purari”ga aylandi.

“Pro Liga murabbiyi”

“Andijon” klubi bilan joriy mavsumda Pro Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan Viktor Kumikov “Pro Liga murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.

“Pro Liga futbolchisi”

“Buxoro” klubi aʻzosi, joriy mavsumda 23 ta gol bilan Pro Liga to‘purariga aylangan Ro‘zimboy Ahmedov “Pro Liga futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Superliga to‘purari”

Joriy mavsumda 20 ta gol jamoasining chempionatda g‘olib bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan futbolchi — Dragan Cheran “Superliga to‘purari” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Superliga murabbiyi”

“Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev “Superliga murabbiyi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Superliga futbolchisi”

“Paxtakor” klubi yetakchisi, O‘zbekiston Superligasi g‘olibi va chempionat to‘purari Dragan Cheran “Superliga futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi”

“So‘g‘diyona-W” klubi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov “Ayollarning eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi ayol futbolchi”

“Sevinch” klubi a’zosi Mahliyo Sarikova “Eng yaxshi ayol futbolchi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va “Olimpik” klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi futbolchisi”

“Navbahor” klubi yetakchisi Jamshid Iskanderov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:16, 26.11.2022.
O'qildi: 3182 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.