Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro: "Ronaldu o‘zi uchun nima yaxshi ekanini biladi"

Kazemiro: "Ronaldu o‘zi uchun nima yaxshi ekanini biladi"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "mankunianliklar" safini tark etgani haqida gapirdi.

«Shartnoma bekor qilinganidan keyin men u bilan muloqot qilmadim. Ronaldu - katta shaxs, u o‘zi uchun nima yaxshi ekanini biladi.

Albatta, shunday futbolchi ketganida xafa bo‘laman. Bu dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U zo‘r futbol ko‘rsatishda davom etsin”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va «Manchester Yunayted» o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgandi. Shartnoma 2023 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan.

Kiritildi: 07:49, 27.11.2022.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.