Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

APL. 2022-2023 yilgi mavsumning eng katta maoshxo‘rlari kim? Ronaldudan keyin vaziyat o‘zgargan

APL. 2022-2023 yilgi mavsumning eng katta maoshxo‘rlari kim? Ronaldudan keyin vaziyat o‘zgargan

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning "MYU"dan ketishi APLda maosh borasida yangi yetakchi paydo bo‘lganini anglatadi. Hozirga qadar bu boradagi yetakchilikni Ronaldu, haftasiga yarim million funt bilan egallab kelayotgan edi. Xo‘sh, hozirda vaziyat qanday? Quyida APLning eng ko‘p maoshga egalik qiluvchi 10 ta futbolchisi keltirib o‘tiladi.


10. Kalidu Kulibali

Yozgi transferlar oynasining eng shov-shuvli ko‘chishlaridan biri Kulibali edi. U "Napoli"dan "Chelsi"ga o‘tar ekan, kattagina maosh olishga kelishib oladi. Uning hozirda olayotgan ish haqi haftasiga 295 ming funtni tashkil etadi. 31 yoshli himoyachi ayni damda Jahon chempionatida Senegal sharafini himoya qilmoqda.

9. Kazemiro

Kazemiro "MYU" safiga katta maosh evaziga taklif etildi. Qolaversa, uning tranfser qiymati ham juda baland edi – 73 million funt. Mankunianliklar besh karra YECHL g‘olibiga YEL futbolini taklif eta olardi xolos. Ammo maosh masalasida ancha saxiylik qildi. Kazemiro hozirda har hafta 300 ming funt oladi.

8. Jek Grilish

O‘tgan yozning eng qimmat xaridiga aylangan futbolchi, "shaharliklar" safida ancha qiyin davrlarni boshdan kechirdi. Grilish 100 million funtga sotib olingan. Uning maoshi esa haftasiga 300 ming funtdir. Shunga qaramasdan, u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olgani yo‘q.

7. Raxim Sterling

"Chelsi" Sterlingni sotib olish uchun yaxshigina taklif bilan chiqishga majbur edi va shunday ham qildi. Ayni damda Angliya terma jamoasi a’zosi Londonda haftasiga 325 ming funt oladi. Ammo "Chelsi"ning undan kutgan natijalari ko‘ngildagidek emas.

6. Rafael Varan

Varanga uncha-muncha futbolchi yeta olmaydi. Chunki u 4 marta YECHL g‘olibi bo‘lish bilan birga, Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Uning "MYU"dagi ishlarini yaxshi deb bo‘lmaydi. Ammo maosh masalasida shunday deya olamiz. Varan haftalik 340 ming funtga egalik qiladi.

5. Muhammad Saloh

Saloh mavsumlar oralig‘ida yangi, 2025 yilga qadar mӯljallangan bitimga imzo chekdi. Bu esa o‘z navbatida, misrlik futbolchini "Liverpul" tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirdi. Uning ish haqi haftasiga 350 ming funtdir.

4. Jeydon Sancho

"MYU" o‘tgan mavsum, hatto, bu mavsumda ham Sanchodan katta natijalarni kutgandi. Ammo umidlar oqlanmadi. Jeydon Garnacho soyasida qolib ketdi. Garchand haftasiga 350 ming funt olsada, Jeydon Sancho Angliya terma jamoasi tarkibiga kira olmadi.

3. David De Xea

De Xea APL tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi darvozabon sanaladi. Uning haqi 375 ming funtga teng. Ikkinchi o‘rinda esa 150 ming funt bilan "Chelsi" posboni Kepa Arrisabalaga turadi. Oradagi farqni ko‘rib turibsiz. De Xea shunga yarasha harakat qilmoqda, albatta.

2. Erling Xoland

Xoland APLga ko‘plab rekordlarni yangilash bilan kirib keldi. Gvardiola jamoasi Xoland bilan YECHL g‘olibiga aylanadi degan taxminlar ham ko‘p yangramoqda. Balki shunday bo‘lar ham. Norvegiyalik hujumchining bitimida, unga har hafta 375 ming funt berilishi aytilgan. 22 yoshli futbolchi nonini "halollab" olmoqda, deyish mumkin.

1. Kevin De Bryuyne

Ortiqcha fikr bildirmaymiz. De Bryuyne 400 ming funtlik maoshga arzishini hamma biladi. U haqida Gvardiola shunday deydi: "Kevin jamoa uchun eng yaxshi xarid bo‘lgan. Yetti yil davomida u juda katta hajmdagi ishni bajarib kelmoqda. Germaniyadagi o‘yinlarini ko‘rib, men lol qolgan edim. Uni o‘z jamoamda ko‘rishni istagandim. Hozir bu ro‘yobga aylandi. Bundan baxtliman".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:15, 27.11.2022.
O'qildi: 4834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.