Braziliyaning "Palmeyras" klubi hujumchisi Endrik "Barselona"ga o‘tmaydi.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya klubi 16 yoshli futbolchi uchun kamida 70 million yevro olmoqchi. "Ko‘k-anorranglilar" esa Endrik uchun buncha mablag‘ sarflashdan bosh tortdi va transferdan voz kechdi.
Endrikning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 20 million yevroga baholgan.
Hujumchiga "Barselona"dan tashqari "PSJ" va "Real"dan qiziqish borligi xabar berilgandi.













