Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya termasida yana bir yo‘qotish!

Fransiya termasida yana bir yo‘qotish!

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi darvozaboni Alfons Areolya jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida qatnashmadi.

Lequipe jurnalistlarining yozishicha, darvozabon bel og‘rig‘i tufayli sheriklari bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan.

Shu munosabat bilan «uch ranglilar» bosh murabbiyi Didye Desham unga dam berishga qaror qildi.

Fransiya terma jamoasi jahon chempionatini ikkita g‘alaba bilan boshladi. Amaldagi jahon chempioni ilk turda Avstraliyani (4:1) va keyinchalik Daniyani (2:1) mag‘lub etdi.

So‘nggi turda Desham shogirdlari Tunis terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. O‘yin 30 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:34, 28.11.2022.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик