Gana va Janubiy Koreya Jahon chempionatida dramatik o‘yin ko‘rsatishdi: 34-daqiqada 2:0, 61-daqiqada 2:2 durang va 68-daqiqada ganaliklar yana hisobda oldinga chiqib, g‘alabani tortib olishdi. Bosh qahramon - Muhammad Quddus. Quyida "Ayaks"ning shuhratparast yarim himoyachisi bilan tanishamiz.
Quddus Gana poytaxti Akkra shahrida tug‘ilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oila boy emas, lekin kambag‘al ham emas edi. Asosiysi, terma jamoaning bo‘lajak qahramoni hech qachon och qolmagan, buning uchun u ota-onasidan minnatdor, garchi oilasi haqida kam ma’lumot bergan ersada.
"Onam menga va oilamga g‘amxo‘rlik qilish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yardi", deydi Muhammad. U Akkrada oziq-ovqat sotish bilan shug‘illangan.
Muhammad tezda tengdoshlari orasida ajralib tura boshladi. Bolaligida u bilan o‘ynaganlar 11 yoshli Quddus o‘z jamoasini yolg‘iz sudrab yurganini eslashadi: masalan, u bir o‘yinda oltita gol urardi va 6:6 bilan o‘yin tugar edi.
Yigitning birinchi murabbiyi Joshua Avua buni tasdiqladi: "Uning ko‘chada o‘ynayotganini ko‘rganimda, darhol hammasini tushundim va uni mashg‘ulotlarga taklif qildim. U birinchi kundanoq ajoyib taasurot qoldirgan edi. Biz uchrashganimizda u atigi 10 yoshda edi, lekin uning fazilatlari yaqqol ko‘rinib turardi”.
Muhammad keyinroq Yevropaga borish imkoniyati uchun 12 yoshida u uyidan yuzlab mil uzoqlikdagi akademiyaga qatnagan. Buning sababi, 2015 yilda Gana akademiyasining asoschisi (va sobiq "Manchester Yunayted" skauti) Tom Vernon "Nordshelland"ni sotib olgan edi.
Endi Daniya klubi tizimning eng yuqori pog‘onasida edi, ular Ganadagi iqtidorlarni izlardi. "Keyingi Lionel Messi yoki Useyn Boltning Afrikada paydo bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat bor, lekin iqtidorni rivojlantirish imkoniyatiga ega emas", - deya tushuntirdi Vernon.
Kudus eng yaxshilar qatoridan joy oldi va 2018 yilda Daniyaga yo‘l oldi.
Kuniga besh vaqt namoz o‘qiydi, Daniyada hammani birdaniga hayratda qoldirdi, intizom maksimal darajada;
Kudus - yirik xausa xalqining vakili. Hammasi bo‘lib 60 milliondan ortiq, lekin xausanlarning aksariyati Nigeriyada (37 million) va Nigerda (13 million) yashaydi. Ganada ularning 300 mingga yaqini bor, ularning ko‘pchiligi poytaxtning musulmonlar hududiga qo‘nim topgan, Muhammad ham u yerda bolaligi o‘tgan. Yevropaga ko‘chganidan so‘ng Islom diniga qattiq amal qiladi va besh vaqt namoz o‘qiydi.
"Maydonda u daniyalik o‘yin uslubini tezda o‘zlashtirib oldi", - deydi himoyachi Andreas Skovgaard. - Mashg‘ulotlarda biz uning qanchalik tez, kuchli va texnik ekanligini darhol ko‘rdik".
Nordshellandda yosh Kudus 57 uchrashuvda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ikki yil o‘tib, «Ayaks» 20 yoshli yarim himoyachini to‘qqiz million yevroga harid qildi.
Niderlandiyaliklar yigitcha bilan darhol besh yilga shartnoma imzoladi va Daniya klubining sport direktori Yan Laursen uning o‘ynashiga shubha qilmadi: «Buni aytyapman, chunki u intizomli. U hech qachon mashg‘ulotni o‘tkazib yubormagan va hech qachon kechikmagan."
"Ayaks"da Kudus Erik ten Xag qo‘l ostida paydo bo‘ldi, u ganalik futbolchini ajoyib salohiyatga ega futbolchi deb atadi.
Dastlabki uchta o‘yinda Muhammad gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo keyin Chempionlar ligasidagi debyutida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Muhammad "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, biroq olti daqiqadan so‘ng jiddiy jarohat tufayli uni almashtirishga to‘g‘ri keldi.
Kudus «Ayaks»da o‘zini darhol ko‘rsata olmadi: jarohatlar ham, pozisiya ham xalaqit berdi - axir Ten Xag uni maydon markaziga qo‘ydi. Hozirda Kudus amsterdamliklar uchun 63 o‘yinda 15 gol va 6 golli uzatmaga ega bo‘ldi, ammo buning aksariyati joriy mavsumda.
Yangi murabbiy Alfred Shreyder endi ganalik futbolchidan yolg‘on to‘qqizlik sifatida foydalanmoqchi va shuning uchun u foydali futbolchiga aydandi. Kudus joriy mavsumda "Ayaks" uchun 10 ta gol urdi, ulardan 4 tasi Chempionlar ligasida. Yevrokuboklardagi ishlar umuman chempionatdan yaxshiroq: Chempionlar ligasida guruh bosqichining oltita o‘yinida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun yana ikkita golli uzatma va uchta sovrin bor. To‘g‘ri, guruhdagi o‘ta kuchli raqiblar tufayli "Ayaks" bahorda faqat YELda davom etadi.
Guruh bosqichida Quddus Tiago Alkantaraga qarshi o‘ynaganidan juda xursand bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi hali «Bavariya»da bo‘lganida yosh Muhammadga butun jamoa imzosi tushirilgan futbolkani sovg‘a qilgandi. Yoshlar jamoasida Kudus darhol «Alkantara» laqabini oldi va ispaniyalik o‘shandan beri uning asosiy kumiriga aylandi.Ular jamoadoshga aylanib qolishlari ham mumkin. "Liverpul" tomonidan Quddusga jiddiy qiziqish bildirilmoqda.