Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

FIFA: Ronaldu Urugvayga qarshi o‘yinda gol urmadi!

FIFA: Ronaldu Urugvayga qarshi o‘yinda gol urmadi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA Krishtianu Ronaldu Urugvayga qarshi bahsdagi birinchi golni urmaganini tasdiqladi.

O‘yin to‘piga o‘rnatilgan datchik ma’lumotlari portugaliyalik hujumchi birinchi golga to‘pga tegmaganligini ko‘rsatdi, deya xabar beradi ESPN nashri FIFA va Jahon Chempionati uchun maxsus to‘p ishlab chiqaruvchi adidas’ga tayanib.

«Adidas texnologiyasi tufayli Ronaldu birinchi golga to‘pga tegmaganini aniq aytishimiz mumkin.

O‘sha paytda to‘pga tashqi kuch ta’sir o‘tkazmagan. Bu bizning o‘lchovlarimizda o‘zgarishlarning yo‘qligi bilan izohlanmoqda. To‘p ichiga o‘rnatilgan 500 gers chastotali IMU sensori bu tahlilda juda aniq tahlil qilish imkonini beradi», — deyiladi FIFA bayonotida.

JCH-2022da foydalanilayotgan har bir to‘pda xuddi shunday datchiklar o‘rnatilgan. Bu texnologiya o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda, noaniq to‘pga teginishlarni aniqlashga yordam beradi.

54-daqiqada Portugaliya hisobni ochdi. Dastlab gol hujumchi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. Keyinchalik esa 37 yoshli futbolchi to‘pga tegmagani aniqlandi va gol Brunu Fernandeshga yozildi.

Avvalroq Portugaliya futbol federasiyasi FIFAga Ronaldu birinchi golni urganini tasdiqlovchi dalillarni yuborishga qaror qilgani xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:48, 29.11.2022.
O'qildi: 5470 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик