Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Umarali Rahmonaliyev: «Rubin» o‘zimni ko‘rsatishim uchun ajoyib imkoniyat»

Umarali Rahmonaliyev: «Rubin» o‘zimni ko‘rsatishim uchun ajoyib imkoniyat»

Baho:
+ | -

Yaqinda Qozonning «Rubin» klubi «Bunyodkor»da yosh bo‘lishiga qaramay, tajribali futbolchilardek harakatlari bilan tanilgan yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyevning transferini rasman e’lon qildi.

«Rubin»ning yangi a’zosi Rubin-kazan.ru sayti muxbiri bilan suhbatda jamoaga o‘tishi va yangi klubdagi ilk taassurotlari haqida gapirdi.

- «Rubin» varianti qanday paydo bo‘ldi? His-tuyg‘ular qanday?

- Bu yerda meni yaxshi kutib olishdi, hammasi zo‘r. Agentim «Rubin» varianti borligi haqida gapirdi. Murabbiy va jamoadoshlarim bilan maslahatlashib, ketishga qaror qildim. O‘zimni Rossiya futbolida sinab ko‘rishni istadim. Yashirmayman, orzum Yevropada o‘ynash, «Rubin» esa o‘zimni ko‘rsatishim uchun ajoyib imkoniyat. Endi futbol maydonida borimni berishim kerak.

- «Rubin» klubi haqida nima deya olasiz?

- Bu yerda futbol uchun hamma narsa bor. Tashkilotchilik, mashg‘ulotlar, umuman, barcha sharoitlar yetarli. Baza va akademiyada yaxshi sharoit mavjud. Qozonni biroz aylanib chiqdim, shahar go‘zal ekan. Birinchi mashg‘ulotni ham o‘tkazdim va o‘zimni juda yaxshi his qildim.

- Jamoadoshlaringiz bilan tanishib ulgurdingizmi?

- Ha. Bezrukov bilan suhbatlashdim, u birinchi mashg‘ulotda menga katta yordam berdi. Murabbiylar ham iliq qarshi olishdi, hech qanday muammo yo‘q. Bazada Yuriy Dyupin bilan bir xonaga joylashtirishdi, u bilan ham ko‘p gaplashdik. U mendan katta va ko‘maklashib turibdi.

- Yozda «Rubin»ga o‘tishingiz haqida ma’lum bo‘lgandi. «Rubin»ni kuzatib bordingizmi?

- Ha, kuzatib bordim. Uchrashuv va mashg‘ulotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali tomosha qildim. Rossiyada futbol tajovuzkor va kurashlarga boy.

- O‘zbekistonda Kante laqabini olgan ekansiz. Demak, bunday futbol sizga begona emasmi?

- Ha. 2015 yil «Bunyodkor» akademiyasida katta yoshli yigitlar shunday nom qo‘yishgan.

- Qaysi pozisiyada o‘ynash siz uchun qulay?

- Murabbiy qaroriga bog‘liq. Men «oltinchi» bo‘lib o‘ynay olaman, ya’ni tayanchda. O‘zbekiston chempionati ikkinchi davrasida insayder pozisiyasida o‘ynadim, bu «sakkizinchi». Nima bo‘lganda ham, murabbiy qo‘ygan pozisiyaga ko‘nikaman.

- Qanday kuchli tomonlaringizni ajratib ko‘rsata olasiz?

- Ko‘pchilikning aytishicha, ko‘p mehnat qilib, to‘pni olib qo‘yishda yaxshi o‘ynayman. Menga o‘z-o‘zimga baho berish qiyin.

- Mavsum uchun o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ydingiz?

- Har doim jamoaviy maqsadlar ustuvor. Keyin shaxsiy maqsadlarga e’tibor qarataman. Men o‘zimga va butun O‘zbekistonga o‘zbek futbolchilari Rossiyada ham o‘ynay olishi mumkinligini ko‘rsatmoqchiman.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:29, 30.11.2022.
O'qildi: 2736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.