Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Barselona" yarim himoyachisi qishda ketmaslikka qaror qilgan

"Barselona" yarim himoyachisi qishda ketmaslikka qaror qilgan

Baho:
+ | -

Frank Kessie "Barselona"da muvaffaqiyat qozonishni istamoqda va bu qishda ketish niyati yo‘q.

Diario Sport xabariga ko‘ra, o‘tgan yozda tekin transfer evaziga Kataloniya klubiga kelib qo‘shilgan va tarkibga kira olmayotgan yarim himoyachi "Barsa"da muvaffaqiyat qozona olishiga ishonchi komil. U kelasi yozgacha Xavini o‘zining qadriga ishontirmoqchi.

Kessie biladiki, unga "Barsa"da boshlang‘ich futbolchi bo‘lish oson bo‘lmaydi. Uning fikricha, klubdagi dastlabki oylar uni moslashishga majbur qilgan va xulosa chiqarishga hali erta. Frank Xavi ko‘p o‘yinlarda uning o‘rinbosar sifatida o‘ynaganini qadrlaydi.

A Seriyaning bir qancha klublari yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda. Xususan, unga “Inter” qiziqish bildirmoqda. Kessie bu qiziqishdan xabardor, ammo qishda "Barsa"ni tark etishni istamayapti.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 15:23, 30.11.2022.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик