Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Kamavinga "Real"dagi rolidan norozi

Kamavinga "Real"dagi rolidan norozi

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirdi.

“Albatta, har bir uchrashuvda maydonga tushishni xohlardim. "Real Madrid"da vaziyat shunday: men yaxshi futbolchilar bilan raqobatlashaman, ular mendan oldinda. Menga yoqadi deb ayta olmayman, chunki zaxirada o‘tirish unchalik yoqimli emas.

Futbolchi bo‘lsang, har bir o‘yinda o‘ynashni xohlaysan. Bu zerikarli demoqchi emasman, lekin sabr qilish kerak. Men butun umr bu rolni o‘ynashni xohlamayman. Mendan oldinda ko‘plab futbolchilar borligini tushunishingiz kerak. Men ulardan o‘rganishim kerak, keyin mening vaqtim keladi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Goal.

Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida “Real” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniya chempionatining har bir o‘yinida u o‘rtacha 36 daqiqa maydonda o‘tkazadi. Yarim himoyachi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan va hali birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan.

Kamavinga Madrid jamoasida 2021 yildan beri o‘ynab kelmoqda. "Real" futbolchining transferi uchun "Renn"ga 40 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 16:46, 30.11.2022.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик