"Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliya 2 dekabr, juma kuni umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazdi, deya xabar beradi Pazzadifanta.
21 yoshli gruziyalik futbolchi 2022 yilgi so‘nggi uchta o‘yinni bel og‘rig‘i tufayli o‘tkazib yuborgandi.
"Napoli" Turkiyada mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Italyan klubi u yerda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirilgan.
Kvarasxeliya “Napoli” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.