Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«MYU» mo‘ljal qilgan besh futbolchi. Ular Ronalduning o‘rnini egallashi kerak edi, biroq...

«MYU» mo‘ljal qilgan besh futbolchi. Ular Ronalduning o‘rnini egallashi kerak edi, biroq...

Baho:
+ | -

Bugun butun dunyo Ronalduning «MYU»dan achinarli holda ketganini biladi. U ilk bor bu jamoani 2009 yilning yozida, 80 million funt evaziga tark etgan. O‘shanda Ronaldu «Real»ga ketgan edi. Shundan keyin «Manchester Yunayted» Ronalduning o‘rnini to‘ldirish uchun bir nechta variantlarga ega bo‘lgan. Quyida 2009 yildagi «MYU»ning hujumdagi nishonlari va ularning taqdiri haqida gaplashamiz.

Karim Benzema

Benzema «MYU» nazariga «Lion»dagi o‘yinlaridan keyin tushgandi. Fergyuson Benzemani jamoaga qo‘shib olishga kirishadi, ammo «Real» bilan jiddiy raqobatga duch keladi. «MYU» ham «Real» ham «Lion» uchun yetarli pul taklif qilgan. Ammo Benzemaning o‘zi Madridga ketishni afzal bilgandi. Shu sababli «qizil iblislar» Ronalduning o‘rnini 29 yoshli Maykl Ouen bilan yopishga majbur bo‘ladi.

Frank Riberi

Ronalduga eng munosib o‘rinbosar sifatida o‘sha paytda Riberi e’tirof etiladi. U «Bavariya»ni tark etishga tayyor edi. «Guardian» nashri bergan bergan xabarda aytilishicha, 2009 yilda «MYU» Riberi uchun 62,5 million funt taklif qiladi. Fransiyalik vingerga «Chelsi», «Barselona» va «Real» ham qiziqish bilan qarayotgandi. Ammo «Bavariya» barcha takliflarni rad etadi va futbolchini Germaniyada qolishga ko‘ndiradi. 38 yoshli futbolchi 2022 yilning oktyabr oyida faoliyatini tugatganini ma’lum qilgandi.

Samyuel Eto'o

«Barselona» safida «MYU»ga qarshi urgan goli, Eto'oni katta sahnaga olib chiqdi. Unga Manchesterning ikki klubi qiziqa boshlaydi. Kamerunlik futbolchining narxi 18 million atrofida edi. Ammo kataloniyaliklar rahbariyati Samyuelni «Milan» bilan, Ibragimovichga almashtiradi. Eto'o APLga 2013 yilda keladi. Ammo uning manzili «Chelsi» edi. 2019 yilning sentyabrida afsonaviy hujumchi futbolchilik faoliyatini tugatdi.

David Vilya

Vilya uchun 2009 yilda «MYU» 47 million funt taklif etadi. Ammo ispaniyalik hujumchi o‘z yurtida qoladi va 2010 yilda «Barselona»ga o‘tadi. 2013 yildan boshlab esa «Atletiko» sharafini himoya qila boshladi. Horzirda 39 yoshni qarshi olgan sobiq futbolchi Amerika, Avstraliya va Yaponiya chempionatlarida harakat qildi. U 2019 yilning noyabrida futbolchilik bilan xayrlashdi.

David Silva

Sobiq «Velensiya» futbolchisi «MYU» uchun jiddiy nishonga aylanadi. Ammo «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish amalga oshmay qoldi. U bir yildan keyin «Manchester Siti»ga, 25 million funt evaziga o‘tadi. Silva «shaharliklar»ning haqiqiy afsonasiga aylandi. U 10 yil davomida «Manchester Siti» bilan 4 marta Angliya chempioni bo‘ldi. 2 ta mamlakat kubogini, 5 ta liga kubogini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli yarim himoyachi 2020 yilda «Real Sosyedad»ga yo‘l olib, u yerda Ispaniya kubogiga ega chiqdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 14:30, 03.12.2022.
O'qildi: 4069 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.