Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Maydon ustasi - Yahyo Toshtemirov: "Bobur Arena" maydoni eng yaxshilaridan biri bo‘ladi"

Maydon ustasi - Yahyo Toshtemirov: "Bobur Arena" maydoni eng yaxshilaridan biri bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Andijon” jamoasida yangi mavsum uchun katta hajmdagi tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Ayniqsa, “Bobur Arena” stadionining maydonida yangilash jarayoni boshlangani muxlislarni ham quvontiryapti.

Shuningdek, stadion yoritgichlari ham endi talab darajasiga keltiriladi.

Yurtimizdagi bir qator maydonlarning sifatini ideal holatga keltirgan Uchqun Quvonov rahbarligidagi ishchi guruh endi “Bobur Arena”da katta kuch bilan ishga kirishgan.

Maydon ustasi, tajribali mutaxassis Yahyo Toshtemirov hozirgi paytda “Bobur Arena” stadioni maydonining chimini yangilash bo‘yicha ishlarni jiddiy nazorat qilib bormoqda.

Qolaversa, mavsum boshlanguniga qadar stadionni yanada ko‘rkam, chiroyli hamda qulay sharoitlarga keltirish ishlari olib boriladi. Dastlabki vazifa esa bu maydon sifatini a’lo darajada bo‘lishini ta’minlash va yoritgich masalasini ham yaxshilashdan iborat.

Maydondagi ishlarni qanday ketayotgani yuzasidan Yahyo Toshtemirov “Andijon” matbuot xizmati uchun batafsil ma’lumot berdi.

“Ish jarayonimiz juda yaxshi ketyapti, - deya gap boshladi, maydon ustasi. - Maydonning eski chimi Bo‘stondagi futbol maktabidagi maydonga yotqiziladi. Bu yerdagi maydonning tagidagi qum-qatlamlarini ham o‘sha futbol maktabiga olib boryapmiz. Hozirda demontaj ishlarimiz yakuniga yetdi. Materiallarga buyurtma berganmiz. Ishimiz bosqichma-bosqich ketaveradi. Keyin drenaj trubalarini yotqizishni boshlaymiz. So‘ngra sheben qatlamini tashlaymiz. Uni tekislab olganimizdan so‘ng “metpisok” ham tashlaymiz. So‘ngra, sug‘orish sistemasiga navbat keladi. Undan keyin mayin qum yotqiziladi. U bilan parallel ravishda 240 kub metrlik suv hovuzi bo‘yicha ishlar ham bajariladi. Keyin stadion yoritgichlarini yaxshilaymiz. Viloyat hokimi kuni kecha stadionga tashrif buyurgan chog‘ida “projektorlar”ni ham yangilash bo‘yicha yana topshiriqlar berdi. Hozir shuning ustida ham ish olib boryapmiz.

Yangi chim yotqizilish ishlari yangi yildan keyinga mo‘ljallanyapti. Bizda tayyor ekilgan chimlar bor. Hammasi nazorat ostida, sifatli. Qarshida ham, Toshkentda ham chimlarimiz bor. Bu yerga Qarshida ekilgan chimlarni olib kelish mo‘ljallanyapti.

Stadionda olib borayotgan ishlarimiz ko‘ngildagidek davom etyapti. Biz bungacha 2017 yili “Nasaf” stadionining chimini yangilaganmiz. 2022 yil “Buxoro” markaziy stadionining maydonini ham sifat darajasiga keltirib, foydalanishga topshirdik. Shuningdek, Toshkentdagi Jar stadioni maydonini ham o‘zimiz qilganmiz. Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionini ham ta’mirlab yaxshi holatga keltirganmiz. Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” stadioni chimi almashtirib bo‘lingan. U yerda keyingi bosqich ishlari ketyapti.

“Bobur Arena” stadionining maydon chimi yakunda FIFA talablariga javob beradigan darajaga keladi. Bu Respublikadagi eng yaxshi maydonlardan biri bo‘ladi.

Bizda ham yildan-yilga maydonlar bilan ishlayverganimiz uchun tajriba ham oshib boryapti.

Maydon tayyor bo‘lganidan keyin o‘zimizni mutaxassislarimiz bor va butun mavsum davomida yana o‘zimiz nazorat qilib turamiz. Maxsus ishchilarimiz qolishadi va chimni sug‘orib, parvarishlab turadilar.

Bundan buyon stadionda tartibni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu yerda asosiy jamoa tur o‘yinida o‘ynaganidan so‘ng, keyingi uchrashuvgacha yanada sifatli bo‘lishi uchun parvarishlab turamiz. Eshitishimcha, stadionda sport kolleji o‘quvchilari ham o‘ynab turishar ekan. Lekin endi bunday bo‘lmaydi. Biz maydonga javobgar bo‘lganimiz uchun boshqalarga ruxsat bera olmaymiz. Bu yerda faqat asosiy jamoa o‘ynaydi.

Biz mavsum boshiga maydonni to‘liq topshirishga maksimal darajada harakat qilamiz. Yana qaytaraman: bu eng yaxshi maydonlardan biri bo‘ladi”, - deya fikr bildirdi Toshtemirov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:28, 03.12.2022.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.