"Barselona"ning sobiq futbolchisi Kevin-Prins Boateng germaniyalik yarim himoyachi Joshua Kimmixni qo‘llab-quvvatladi.
“Kimmixning ochiq so‘zlari menga juda ta’sir qildi. Men tushkinlikkatushish nima ekanligini bilaman. Umid qilamanki, Joshua yaxshi odamlar davrasida. U ajoyib mentalitetga ega ajoyib futbolchi. Mening eshigim uning uchun doim ochiq, u xohlagan vaqtda menga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin", - dedi Boateng Sport 1 nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionatini guruh bosqichidan tark ketdi.