Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" yanvarda futbolchi sotib olishi mumkin

"Yuventus" yanvarda futbolchi sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi yanvar oyida faol transfer kampaniyasini o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "keksa sinyora" himoya chizig‘ida faqat bitta futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Rik Karsdorp ("Roma") va Ispaniyaning "Vilyarreal" vakili Ivan Fresneda Italiya grandining short-listidan joy olishdi.

Italiya chempionatining 15-turidan so‘ng Massimiliano Allegri shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam “Napoli”dan o‘n ochko ortda qolmoqda.

"Yuventus" A Seriyadagi navbatdagi o‘yinini 4 yanvar kuni "Kremoneze"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:12, 04.12.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик