Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Jahon chempionati. Superkompyuter Fransiya va Angliya terma jamoalarining 1/8 finalda qanday o‘ynashini bashorat qildi

Jahon chempionati. Superkompyuter Fransiya va Angliya terma jamoalarining 1/8 finalda qanday o‘ynashini bashorat qildi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 dekabr kuni jahon chempionatining 1/8 final bosqichining navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi Polsha termasi bilan, Angliya esa Senegal bilan kurash olib boradi. Five Thirty Eight superkompyuteri qarama-qarshiliklarning g‘oliblarini bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi.

Fransiya - Polsha

Superkompyuterning fikricha, amaldagi jahon chempionlari polshaliklar bilan qarama-qarshilikda yaqqol favorit hisoblanadi. Didye Desham shogirdlarining g‘alaba qozonish ehtimoli 81%, Polshaning imkoniyatlari esa atigi 19% deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi o‘zi uchun turnir ahamiyatiga ega bo‘lmagan o‘yinda Tunisga yutqazib, Avstraliya (4:1) va Daniyani (2:1) mag‘lub etgan edi. Ammo Polsha termasi 1/8 finalga osonlikcha chiqmadi: Meksika bilan durang o‘ynab (0:0) va Saudiya Arabistonini (2:0) mag‘lub etgan yevropaliklar so‘nggi turda Argentinaga imkoniyatni boy berdi.

Angliya - Senegal

Bu juftlikda favorit ham bir xil darajada bo‘lmasada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Angliyaning chorak finalga chiqish imkoniyati 68 foiz, Senegalning g‘alaba qozonish imkoniyati 32 foiz. Futbol yurti vakillari guruh bosqichida ikkita yirik g‘alabaga erishdilar - Eron (6:2) va Uels (3:0) mag‘lubiyatga uchratildi, afrikaliklar esa Ekvadorga qarshi o‘yinda (2:1) o‘zlariga kerakli natihani qayd etishdi.

1/8 final uchun oldingi taxminlar amalga oshdimi?

3 dekabr kuni 1/8 finalning quyidagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi: Niderlandiya - AQSH va Argentina - Avstraliya. Birinchi juftlikda superkompyuter jamoalarning imkoniyatlarini mos ravishda 65% va 35%, ikkinchisida esa 17% ga nisbatan 83% deb baholadi. Niderlandiya terma jamoasi amerikaliklarni (3:1), Argentina esa Avstraliyani (2:1) mag‘lub etdi. Shunday qilib, superkompyuterning ikkala bashorati ham amalga oshdi.

JCH-2022. 1/8 final o‘yinlari taqvimi 4 dekabr

20:00. Fransiya - Polsha
00:00. Angliya - Senegal.

Kiritildi: 11:27, 04.12.2022.
O'qildi: 6543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.