Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Afsonaviy to‘qnashuv: Argentina va Niderlandiya. Ulardan qay biri ustun keladi?

Afsonaviy to‘qnashuv: Argentina va Niderlandiya. Ulardan qay biri ustun keladi?

Baho:
+ | -

 JCH-2022 chorak finalining ilk ishtirokchilari bilan tanishdik: Niderlandiya Denzel Damfris (gol va ikkita pas) tufayli AQSHdan ustun keldi, Argentina Lionel Messi va Hulian Alvaresning gollari evaziga Avstraliyani mag‘lub etdi.

Endi Niderlandiya va Argentina terma jamoalari Qatar yarim finali uchun o‘zaro bahs olib borishadi.

Uchrashuv qachon va qayerda?

Niderlandiya - Argentina o‘yini 9 dekabr (juma) kuni soat 00:00da ushbu juftlik g‘olibi bilan yarim final va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan «Lusail» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bu juftlik g‘olibi katta ehtimol Braziliyaga qarshi bahs olib boradi – agar pentakampionlar Janubiy Koreyani yengib, keyin esa Yaponiya/Xorvatiya g‘olibidan ustun kelsa, 1/2 finalga chiqadi.

Niderlandiyaliklar va argentinaliklar dam olish uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘lishadi: to‘liq besh kun. 

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Ushbu juftlik jahon chempionatlarida ko‘p to‘qnash kelishgan. Bu oltinchi uchrashuv bo‘ladi.

JCH-1974: Kroyff va Mihels jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasi. Gollandiya(o‘sha paytda Niderlandiya emas edi) osonlikcha g‘alaba qozondi: 12-daqiqadayoq Yoxan Kroyff gol urdi va yakunda dublga erishdi, Rud Krol va Jonni Replar esa o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. O‘sha paytda "lolalar yurti" murabbiyi Rinus Mihels edi. 

JCH-1978: Argentinaning o‘z uyidagi g‘alabasi. To‘rt yil o‘tgach, ularning yo‘llari butunlay boshqacha sharoitlarda kesishdi: Buenos-Ayresdagi Monumental finalida. Birinchi bo‘limda argentinaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi, gollandlar yakunda hisobni tenglashtirishdi, biroq mezbonlar qo‘shimcha daqiqalarda ikkita gol urib, oltin medalni o‘zlariniki qilishdi. O‘sha o‘yinda Mario Kempes dublga erishdi, Daniyel Bertoni esa bitta golga mualliflik qildi. Aynan o‘sha paytda  Alberto Tarantini erkin agent sifatida jahonda tengsiz bo‘lgan ilk futbolchi bo‘lgandi(Ronaldu Tarantini kabi natija ko‘rsatishi mumkin).

JCH-1998: Bergkampning ajoyib g‘alaba goli bilan yodda qolgan chorak final. Dennis Bergkamp so‘nggi daqiqalarda Gollandiyaga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgan edi. Qolaversa, u Patrik Klyuyvertning dastlabki goliga assistentlik qilgandi ham. O‘shanda gollandlar yarim finalda Braziliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.

JCH-2006: Messining birinchi jahon chempionati. Guruh bosqichining 3-turiga kelib, ikkala jamoa ham pley-offga chiqqani malum bo‘ldi, ularning o‘zaro bahsi 0:0 hisobida yakunlandi. 

JCH-2014: Penaltilar seriyasida Argentina g‘alaba qozongan. Braziliyada bo‘lib o‘tgan 1/2 finaldan Germaniyaning mezbonlarni sharmandali hisobda mag‘lub etganini ancha yaxshi eslaymiz, chunki narigi yarim finalda jamoalar na asosiy, na qo‘shimcha taymda gol urishdi. O‘yindan keyingi "futbol lotoreyasi"da argentinaliklar to‘rtta gol urgan bo‘lsa bo‘lsa, gollandlar ikki bor xatolikka yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa Messi orzusi sari navbatdagi qadamni tashladi, ammo finalda nima bo‘lganini ko‘rgandik. 

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 13:49, 04.12.2022.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.