Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Muhammad Saloh va boshqalar. "Chelsi"ning sobiq futbolchilari hozir qayerda?

Muhammad Saloh va boshqalar. "Chelsi"ning sobiq futbolchilari hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Muhammad Salohning "Liverpul"dagi muvaffaqiyati "Chelsi" muxlislarida ko‘plab savollar tug‘dirishi aniq. Negaki, bir paytlar Salohning qadriga yetishmagan. "Chelsi" o‘sha klub edi. Misrlik futbolchi London jamoasida qadr topmaydi va u yerni tark etadi. Ha, Saloh Angliyaga "Roma"dagi yorqin o‘yinlaridan keyin qaytib keldi va bu davr u uchun muhim bo‘lgan. Ammo hozir buning ahamiyati yo‘q. Quyida Muhammad Saloh bilan 2016 yilda "Chelsi" tarkibidan ketgan futbolchilar va ularning taqdiriga qiziqib ko‘ramiz.

Papi Jiloboji

"Chelsi"ning asosiy jamoasiga kira olmagach, senegallik futbolchiga APLda yana bir imkoniyat taqdim etiladi. U "Sanderlend"ga yo‘l oladi. Ijara asosida o‘tgan bir mavsumdan keyin, uning jamoasi Chempionshipga yo‘l oladi. Jiloboji esa Fransiyaga ketadi. U "Chelsi" bilan 2018 yilda butunlay bitimini tugatadi. Ayni damda 34 yoshli himoyachi Turkiyaning "Gaziantep" klubi sharafini himoya qiladi.

Stipe Perisa

Xorvatiyalik futbolchi "Chelsi"dagi davrlarini asosan ijaralarda o‘tkazgan. Perisa Niderlandiya va Italiya klublariga berilardi. Vaqt o‘tib, yosh hujumchi "Udineze" bilan doimiy shartnoma tuzishga erishadi. Shu sabab u londonliklar safini 2016 yilda butunlay tark etadi. 2020 yilda Perisa "Uotford"ga kelib qo‘shilgan. Ayni damda esa 27 yoshli hujumchining manzili Belgiyaning "Standart" klubi bo‘lib turibdi.

Jon Svift

"Chelsi" akademiyasidan chiqqan Svift asosan yoshlar jamoasida o‘ynaydi. U atigi bir marta asosiy jamoa safida maydonga tushgan. O‘sha uchrashuv 2013-14 yilgi mavsumda yuz beradi. Bir necha mavsumlik ijaralardan keyin, Sviftni "Brentford" klubi sotib oladi. Ammo "arilar" rahbariyati yarim himoyachini "Riding" klubiga ijaraga beradi. U hozirda "Vest Brom" tarkibida harakat qiladi.

Ris Mitchell

Yana bir akademiya mahsuloti bo‘lgan futbolchi, 2016 yilda "Chesterfild"ga tranfser qilinadi. U Ikkinchi ligada harakat qildi. Bir muddat Belgiyaga ham borib keldi. Ayni damda esa hujumchining makoni Islandiyaning "Vikingur" klubi bo‘lib turibdi.

Marko Marin

Marin Eden Azar bilan bir kunda jamoaga olib kelingan edi. Ammo uning ishlari yurishmadi. Negaki, asosiy jamoada unga joy yo‘q edi. Shu sabab, rahbariyat nemis futbolchisini 2016 yilda Belgradning "Srvena Zvezda" klubiga sotib yuboradi. Bugungi kunda Marin erkin agent bo‘lib qolmoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:18, 05.12.2022.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.