Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kesse "Barselona"ni tark etadimi? Kroyf javob berdi

Kesse "Barselona"ni tark etadimi? Kroyf javob berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" sport direktori Yordi Kroyff yarim himoyachi Frank Kessening yanvar oyida qo‘yib yuborilmasligini aytdi.

Ivuarlik futbolchi hali Kataloniya klubida o‘zini ko‘rsata olmadi, shuning uchun mish-mishlar uni Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkinligi bilan faol bog‘lashmoqda. Shuningdek, Kessega da’vogarlar orasida Angliya Premer-ligasi vakillari ham bor.

Kroyffning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi qishda klubni tark etmaydi: "Men bu xabarni o‘qib chiqdim, ammo shuni ayta olamanki, Kesse bilan xayrlashish bizning rejalarimizda ham, futbolchining rejalarida ham yo‘q", - dedi Kroyf Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Avvalroq, bosh murabbiy Xavi Ernandes 25 yoshli futbolchining ketishiga qarshi chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 11:50, 08.12.2022.
O'qildi: 2428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик