Argentina va Niderlandiya o‘yinida Messi maydondan chetlatilishi kerak edi.
Bu fikrni Krishtianu Ronaldu bilan rezonansli intervyu olgan jurnalist Pirs Morgan bildirdi.
Argentinaliklar JCH-2022 1/4 finalida Niderlandiya termasini mag‘lub etishdi (2:2, penaltilar seriyasida - 4:3) va endi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Messi maydonga qaytib tushmasligi kerak edi. Ikkinchi sariq kartochka orqali u maydonni tark etishi shart edi», - deb yozdi Morgan tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, hakam Antonio Mateu Laos Messiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Yana bir vaziyatda u hujumchini ataylab qo‘l bilan o‘ynagani uchun jazolamagandi.