Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Angliyaga dominant o‘yin yordam bera olmadi. Fransiyaga qarshi kim qanday baholandi?

Angliyaga dominant o‘yin yordam bera olmadi. Fransiyaga qarshi kim qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt boshchiligidagi «Uch Sherlar» o‘zlarining 2018 yildagi natijalarini takrorlay olmadi. Endilikda, yarim-finalda Marokashga qarshi Fransiya harakat qiladi. Xarri Keynning penaltilar seriyasida yo‘l qo‘ygan xatosi hammasini tugashiga sabab bo‘ldi. Quyida ingliz o‘yinchilarining Fransiya bilan o‘yindagi baholari keltirib o‘tiladi.

Jordan Pikford - 7

Pikford o‘yin davomida Rabyo va Jiruning xavfli zarbalarini qaytargandi. Ammo Chuameni bergan zarbaning golga aylanishida aynan «Everton» posbonini katta aybi bor edi. U zarba berilayotgan paytda to‘g‘ri pozisiya tanlay olmadi. Shuningdek, reaksiya bildirishga kech qoldi. Shu sababli, unga 7 ochko berildi.

Xarri Maguayr - 6

Ha, jismoniy jihatdan unda muammo yo‘q. Ammo jamoasining hujumida uzatayotgan to‘plarida noaniqlik bor edi. Qolaversa, Maguayr Jiruning hal qiluvchi golini darvozaga joylanishida katta yordam berdi.

Lyuk Shou - 6

Dembele va Grizmann uchun mas’ul qilingan qanot himoyachisi o‘z ishini a’lo darajada bajara olmadi. Lekin o‘yinning ikkinchi qismida birmuncha yaxshi harakat qildi.

Deklan Rays - 6

Himoyadan hujumga to‘pni yetkazib berish borasida Raysda muammo yo‘q edi. Ammo birorta hal qiluvchi uzatmani ijro eta olmadi.

Jordan Xenderson - 6

Xenderson o‘z darajasida harakat qildi. Undan bundan ortig‘ini kutish xato bo‘lar edi.

Kayl Uoker - 7

Uoker jamoasi yutqazdi. Ammo u o‘ziga yuklangan vazifanj uddaladi – Mbappeni zararsizlantirish.

Jon Stounz - 6

Yetarlicha ishonchli o‘yin ko‘rsata oldi. Ammo himoyadagi ikkinchi golda uning ham aybi bor edi.

Jyud Bellingem - 6

Angliyadagi yaxshilanib borayotgan birgina futbolchi u edi. Bellingem Chuameni zarbasiga halaqit qilishi kerak edi. Ammo...

Bukayo Saka - 8

Keynning birinchi penaltisi aynan «Arsenal» tarbiyalanuvchisining sa’y-harakatlari sabab ishlab olingandi. Birgina u maydonda yorqin porladi.

Fil Foden - 7

O‘yinning birinchi bo‘limida uni ko‘rmadik. Ammo Angliya hisobni tenglashtirgach, Foden erkin va yorqin harakat qildi.

Xarri Keyn - 7

Penaltini ko‘kka tepgani hali uni oylar, balki, yillar davomida qiynaydi. Ammo ikkinchi penaltiga qadar Keyn fantastik o‘ynayotgandi. Afsus, ming afsus...

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:02, 12.12.2022.
O'qildi: 1870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.