Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuente terma jamoaning asosiy jamoasi ustozi sifatida ilk matbuot anjumanini o‘tkazdi.
"Futbolga bo‘lgan ishtiyoqimni rivojlantirishimga imkon bergan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Tayinlovni qanday qabul qildim? Kamtarlik bilan. Agar Ispaniyada ispan futbolining buguni va kelajagini biladigan odam bo‘lsa, o‘sha inson sizning oldingizda.
Men uchun bu yangi bosqich. Terma jamoaga nomzodlarning barchasida tarkibga kirish uchun bir xil imkoniyatlar mavjud. Bizda juda yaxshi futbolchilar bor, ular uchun barcha eshiklar ochiq. Men iste’dod himoyachisiman. Butun jamoaga muvaffaqiyat keltirishi uchun har bir futbolchidan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz.
Men 48 million ispaniyaliklar terma jamoa libosi uchun jonlarini berishlarini istayman", - dedi Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi matbuot anjumanida.
Ilgari de la Fuente Ispaniyaning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. Mutaxassis asosiy jamoadagi faoliyatini Qatardagi jahon chempionatidan keyin boshlaydi. Ushbu lavozimda Luis de la Fuente 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘taayotgan jahon chempionati 1/8 finalida milliy terma jamoadan ishdan bo‘shatilgan avvalgi bosh murabbiy Luis Enrike o‘rnini egalladi.