Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi o‘limga hukm qilingan eronlik futbolchini himoya qilib chiqdi

Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi o‘limga hukm qilingan eronlik futbolchini himoya qilib chiqdi

Baho:
+ | -

Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi (FIFPro) eronlik futbolchining o‘lim jazosiga hukm qilingani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Eronning «Traktor Tabriz» klubi sobiq himoyachisi Amir Nasr-Ozodaniy noyabr oyi oxirida hibsga olingani, keyinroq uning ismi o‘limga hukm qilinganlar ro‘yxatida paydo bo‘lgani xabar qilingandi.

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga Mahsa Aminiyning sentyabr oyida «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olinib, bir muddat polisiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng vafot etgani sabab bo‘lgandi.

«FIFPro Eron o‘z mamlakatida ayollar huquqlari va ularning erkinliklarini qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilarni qatl qilayotgani haqidagi xabarlardan hayratda va g‘azabda.

Biz Amir bilan birgamiz va unga berilgan jazoni zudlik bilan olib tashlanishini talab qilamiz», — deyiladi Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi yozgan izohida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:38, 14.12.2022.
O'qildi: 1810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.