Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Superkompyuter finalda Argentinaga ustunlik bermoqda!

Superkompyuter finalda Argentinaga ustunlik bermoqda!

Baho:
+1 | -1

14 dekabr kuni Qatarda jahon chempionatining ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda Fransiya terma jamoasi Marokashni mag‘lub etdi (2:0). Five Thirty Eight superkompyuteri jahon chempionati g‘olibligi uchun kurashda jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

Eslatib o‘tamiz, kompyuter jamoalarning hujum va himoyadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi. JCH finalida fransuzlar bilan Argentina terma jamoasi o‘ynaydi. Superkompyuterga ko‘ra, g‘alabaga asosiy da’vogarlar argentinaliklardir.

1. Argentina – 53%

Janubiy Amerika terma jamoasi va uning asosiy yulduzi Lionel Messi turnirni kuchsiz boshladi, guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Saudiya Arabistoniga sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi (1:2). Biroq o‘shandan keyin Lionel Skaloni futbolchilari ikki uchrashuvda bir xil 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan va birinchi o‘rindan 1/8 finalga chiqishgan. Pley-offning birinchi bosqichida Argentina terma jamoasi Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, chorak finalda dramatik o‘yinda Niderlandiya jamoasidan 2:2 (4:3 pen.), yarim finalda esa Xorvatiya bilan o‘yinda hech qanday muammoga duch kelmadi. Messining hisobida 6 ta o‘yinda 5 ta gol bor.

2. Fransiya – 47%

Amaldagi jahon chempionlari musobaqani Avstraliya terma jamoasini mag‘lub etishdan boshladi – 4:1, guruh bosqichining 2-turida Daniyani mag‘lub etdi (2:1) va muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. Tunisdan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) fransuzlarni guruhda ikkinchi o‘ringa tushirib yubormadi, chunki avstraliyaliklarda kutilganidek, to‘plar farqi yomonroq bo‘ldi. 1/8 finalda Fransiya Polsha terma jamoasini ishonchli tarzda mag‘lub etdi - 3:1, chorak finalda qiyin bahsda Angliyani mag‘lub etdi - 2:1. Yarim finalda marokashliklardan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi - 2:0. Kilian Mbappe ham Messi kabi beshta gol urgan.

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq superkompyuter JCH-2022ning ikkala yarim final o‘yini: Argentina - Xorvatiya va Fransiya - Marokash o‘yinlari natijalariga prognoz bergan edi. U argentinaliklar va fransuzlarning finalda chiqishlarini to‘g‘ri taxmin qildi.


17 dekabr

20:00. Xorvatiya - Marokash.

18 dekabr

20:00. Argentina - Fransiya.

Kiritildi: 15:15, 15.12.2022.
O'qildi: 4087 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.