Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotdi

"Arsenal" Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi Turinning "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotdi.

Jurnalist Rayan Teylorning so‘zlariga ko‘ra, "kanonirlar" serbiyalik futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi emas.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan qishda uning atrofidagilar klubning kelishuvni amalga oshirishga urinishlariga e’tibor bermagani uchun "Arsenal" futbolchi bilan aloqa qilishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan bo‘lishiga qaramay, Vlaxovich "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o‘tishni tanlagan edi.

Joriy mavsumda Vlaxovich Italiya chempionatida 6 ta gol urdi. "Arsenal" jarohati tufayli 3 oyni o‘tkazib yuboradigan hujumchisi Gabriel Jezusga o‘rinbosar qidirmoqda.

Kiritildi: 15:38, 15.12.2022.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик