Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Ronaldu ketma-ket ikkinchi kun "Real"ning mashg‘ulot bazasida shug‘ullanmoqda

Ronaldu ketma-ket ikkinchi kun "Real"ning mashg‘ulot bazasida shug‘ullanmoqda

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu bugun yana "Real" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

DAZN nashrining xabar berishicha, hujumchi Madrid klubi bazasiga yetib kelgan. Shu tariqa Ronaldu ketma-ket ikkinchi kun “Real” bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Kecha portugaliyalik futbolchi mashg‘ulot maydonlaridan birida - madridlik futbolchilardan alohida ishladi.

Oldinroq Ronaldu Florentino Peres ruxsati bilan "Real" asosida shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘lgandi. Madridliklar prezidenti Krishtianuga Valdebebas uning uyi ekanligini aytdi va kerak bo‘lganda u yerda mashg‘ulot o‘tkazishiga ruxsat berdi.

37 yoshli forvard hozirda erkin agent hisoblanadi. Noyabr oyida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi.

Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real" safida o‘ynagan, ikki marta La Liga va Ispaniya kubogi, to‘rt marta Chempionlar ligasi va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 16:44, 15.12.2022.
O'qildi: 8148 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик