Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vinisiusda amalga oshmagan bitta orzu qoldi

Vinisiusda amalga oshmagan bitta orzu qoldi

Baho:
+ | -

Braziliya milliy jamoasi vingeri Vinisius Junior bolalikdagi asosiy orzulari yozilgan ixcham ro‘yxatni ommaga ko‘rsatdi.

Unda atigi 8ta orzu bitilgan. Lekin qanday orzular-a...?! Muhimi, futbolchi 22 yoshiga qadar ularning deyarli barchasini amalga oshirishga ulgurdi, faqat asosiysi muallaq qolmoqda.

Ha, Braziliya milliy jamoasi va «Real» klubi vingeri Vinisius Junior bolalikdagi eng asosiy 8ta orzusini bir parcha qog‘ozga alohida yozib qo‘ygan ekan. Tushunarliki, ular futbol bilan bog‘liq, albatta. Yana shunisi aniq, Vinisius orzular ro‘yxatini shunchaki, havas uchun shakllantirmagan, balki ularni ro‘yobga chiqarish yo‘lida tinimsiz shug‘ullangan, mashaqqatli sinovlarni yengib o‘tgan.

Endi Vinisius Junior orzulari ro‘yxati bilan tanishib chiqamiz: 

- O‘zi yoqtirgan klub safida o‘ynash.

- Jahon chempionatida g‘alaba nashidasini surish.

- Dunyo futbolidagi eng katta klubda to‘p surish.

- Braziliya milliy jamoasi sharafini himoya qilish.

- Dunyodagi barcha bolalarga ilhom bag‘ishlash.

- «El-klasiko»da gol urish.

- Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish.

- Braziliyaliklarga quvonch ulashish.

Vinisius o‘z ro‘yxati ostiga chiroyli so‘zlarni qo‘shimcha qilganini ham alohida aytish kerak. «Har doim esda tuting - qo‘rquv shunchaki, illyuziya!» - bunisi endi faylasuflarga xos qarash. Eng ta’sirli tomoni, braziliyalik yulduzcha 22 yoshiga qadar o‘sha 8ta orzusidan kamida 7tasiga erishdi:

- O‘zi yoqtirgan klubda o‘ynamoqda.

- Dunyo futbolidagi eng katta klubda to‘p surmoqda.

- Braziliya milliy jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

- Dunyodagi barcha bolalarga ilhom bag‘ishlamoqda.

- «El-klasiko»da gol urdi.

- Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

- Braziliyaliklarga quvonch ulashmoqda.

Demak, bittagina bo‘g‘in qoldi - Braziliya termasi bilan jahon chempionatida zafar quchish. Bunisi uchun endi kamida yana 4 yil sabr qilishi kerak.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 16.12.2022.
O'qildi: 2825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.