Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev jarohat tufayli bahslarda ishtirok etmadi

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev jarohat tufayli bahslarda ishtirok etmadi

Baho:
+ | -

Kolumbiyaning Bogota shahrida jahon chempionatining so‘nggi kunida og‘ir atletikachilar eng og‘ir vazn toifasi +109 kilogrammda sovrinli o‘rinlar uchun musobaqalarda qatnashdi.

Dastlab chempionatning «C» va «B» guruhlarida ishtirok etayotgan sportchilar, undan keyin “A" guruhidan joy olgan jahon og‘ir atletikasining yetakchi vakillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning «A» guruhidan joy olgan Tokio olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev bahslar oldidan o‘tgan taqdimot marosimida ishtirok etdi. So‘ng chempionatning rasmiy bahslariga qatnashish uchun belgilangan mashg‘ulot maydonida mashqlarni bajarishga kirishdi.

Taassufki, jahon chempionati supasiga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maydonchasida Akbar Jo‘rayev kichik texnik jarohatga chalindi. Oqibatda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining shifokorlar komissiyasi va terma jamoa shifokori xulosasiga binoan hamyurtimizga rasmiy bahslarda qatnashishga ruxsat berilmadi.

Akbar Jo‘rayevning o‘tgan yilgi Tokio olimpiadasi va Toshkentda o‘tgan jahon chempionatlarida olgan jarohatlari texnik jarohatni keltirib chiqargan, baxtsiz tasodif tufayli jahon chempionati medallari uchun kurashga kirisha olmagan bo‘lsada taqdimot marosimida qatnashishi o‘z navbatida Parij-2024 uchun ma’lum talabni bajarishini ta’minladi.

Boisi, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi tomonidan tasdiqlagan talabga ko‘ra, Parij-2024ga  nomzod sportchi olimpiya siklidagi beshta musobaqada qatnashishi talab etiladi.

Shu tariqa, terma jamoamiz a’zolari mazkur jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari va Parij-2024 Olimpiadasining zarur reyting ochkolarini qo‘lga kiritgan holda yakunladi.  

109+ kg. vazn toifasidagi bahslarda esa quyidagi sportchilarga medallar nasib etdi:

1. Lasha Talaxadze (Gruziya) — 466 (215+251)
2. Gor Minosyan (Bahrayn) — 462 (215+250)
3. Varazdat Lalayan (Armaniston) — 461 (215+246)

O‘zbekiston og‘ir atletika
federatsiyasi matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:59, 17.12.2022.
O'qildi: 3146 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик