Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ronaldu uchun ehtimoliy manzillar qayer bo‘lishi mumkin?

Ronaldu uchun ehtimoliy manzillar qayer bo‘lishi mumkin?

Baho:
+1 | -

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketgach, o‘ziga boshqa klub qidirmoqda. Portugaliyalik yulduzning "MYU"dan ketishiga Pirs Morgan bilan uyushtirgan "bomba" intervyusi sabab bo‘lgandi. Garchand 5 marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, 37 yoshli hujumchiga ha deganda jamoa topilavermayapti. Ammo Ronaldu kabi nomni olib kelish ortidan har qanday klub katta foyda ko‘rishi mumkin. Quyida uning uchun ehtimoliy manzillarga to‘xtalib o‘tamiz.

"An-Nasr"

Saudiya Pro-ligasida ikkinchi o‘rinda band etib turgan jamoaga Ronaldu kerak bo‘lib qolgan. Xabarlarga ko‘ra, "An-Nasr" futbolchiga yiliga 173 million funt taklif etgan. Ammo Ronalduning o‘zi hali yevrofutboldan chekinmoqchi emas.

"Real Madrid"

Ronaldu oldida turgan kichik, ammo ehtimoliy manzil uning sobiq klubi bo‘lmish "Real"dir. U aynan mana shu klub bilan katta yulduzga aylangandi. Ayni damda esa portugaliyalik futbolchi "Real" bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Karlo Anchelottiga u kerakmi yoki yo‘q, buni bilish ancha qiyin.

"Nyukasl"

Hammasi "qarg‘alar" uchun yaxshi ketmoqda. Ammo klubning egasi bo‘lgan saudiyaliklar Ronalduni olib kelishni istab qolsa, nima bo‘ladi degan savol ham mavjud. Albatta, u kabi katta nom jamoaga ulkan foyda keltiradi.

"LA Gelaksi"

Ronalduni AQSHga keltirishni istayotgan jamoalardan biri Los-Anjelas klubidir. Bu klub o‘z tarkibiga katta nomlarni jalb etishni yaxshi ko‘radi. Masalan, Devid Bekxam, Zlatan Ibragimovich va boshqalar. Ronaldu esa keyingi yulduz bo‘lishi mumkin.

"Sporting"

Ronalduga YECHL futbolini taklif eta oladigan klublardan biri "Sporting"dir. Ronalduning o‘smirlik damlari Lissabonda kechgandi. Ha, "Sporting" Ronalduga u istagan pulni bera olmasligi mumkin. Ammo Yevropaning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini bera oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 17.12.2022.
O'qildi: 8383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.