Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Marokash shov-shuvli tarzda jahon chempionati bronzasini oladimi?

Marokash shov-shuvli tarzda jahon chempionati bronzasini oladimi?

Baho:
+ | -

17 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi va unda Xorvatiya terma jamoasi Marokash termasi bilan o‘ynaydi. Five Thirty Eight superkompyuteri o‘yin g‘olibini bashorat qildi. Kompyuter texnologiyalari Soccer Power Index deb ataladigan indeksga asoslanadi, bu jamoalarning hujum va himoyadagi kuchini aks ettiradi.

Xorvatiya - Marokash

Yarim finalda Xorvatiya terma jamoasi Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. 34-daqiqada afsonaviy futbolchi penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Xulian Alvares gol urdi, 69-daqiqada Alvares dubl qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:0. Marokash terma jamoasi yarim finalda fransuzlarga imkoniyatni boy berdi - 0:2. Beshinchi daqiqada Teo Ernandes, 79-daqiqada esa Kolo Muani gol urib, jamoasini finalga yetakladi.

Superkompyuter ma’lumotlariga ko‘ra, Xorvatiyaning jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallash imkoniyati biroz yuqoriroq - marokashliklar uchun 47 foizga nisbatan 53 foiz.

Tarix

Jahon chempionatida Xorvatiya va Marokash bir marta to‘qnash kelishgan va bu Qatardagi turnirda sodir bo‘ldi. “F” guruhi 1-tur uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. Xorvatiyaning jahon chempionatidagi eng yuqori yutug‘i 2018-yilda Rossiyada qo‘lga kiritilgan kumush mdeldir. Shu bilan birga, 1998 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan edi. Marokashga kelsak, Afrika terma jamoasi allaqachon jahon chempionatidagi eng yaxshi rekordini va umuman, ilgari hech qachon yarim finalga chiqmagan barcha Afrika jamoalarining natijalarini ortda qoldirdi. 1986 yilda marokashliklar guruhda birinchi o‘rindan 1/8 finalga chiqishdi, biroq birinchi pley-off o‘yinida mag‘lub bo‘lishdi. Afrikaning Kamerun (1990 yilgi jahon chempionati), Senegal (2002 yilgi jahon chempionati) va Gana (2010 yilgi jahon chempionati) kabi terma jamoalari chorak finalga chiqqan edi.

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

Eslatib o‘tamiz, superkompyuter har ikki yarim final natijalarini to‘g‘ri aniqlagan edi: Argentina - Xorvatiya va Fransiya - Marokash. Bungacha mashina chorak finalning to‘rttadan biri, ya’ni Niderlandiya-Argentina o‘yinlari natijasini to‘g‘ri bashorat qilgan, shuningdek, Marokashdan tashqari sakkiztadan 1/8 finalning yettita uchrashuvi natijasini to‘g‘ri aniqlagan edi.

17 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start olishi belgilangan.

Kiritildi: 16:19, 17.12.2022.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.