Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mavsum – 2022 yakunlari: «Navbahor»ning mag‘lubiyatsiz va «quruq» seriyalari

Mavsum – 2022 yakunlari: «Navbahor»ning mag‘lubiyatsiz va «quruq» seriyalari

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Quyida e’tiboringizga “lochinlar”ning Coca Cola Superliga – 2022da qayd etgan  mag‘lubiyatsiz va “quruq” seriyalari bilan tanishtiramiz.

Yakunlangan mavsumda “Navbahor” darvozasiga 13 ta o‘yinda raqiblar to‘p kirita olishmadi.

Albatta, ushbu muvaffaqiyatda jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupov bilan birgalikda tajribali va mahoratli himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Ta’kidlash joizki, Coca Cola Superliga – 2022da “Navbahor” o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazgan, ya’ni, himoyasi eng mustahkam jamoa (15 ta) bo‘ldi.   

Mavsum – 2022da “lochinlar” uch marta mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etishdi. Eng uzoq shunday seriya 14 (!) o‘yindan (6-19-turlar) iborat bo‘ldi hamda ushbu seriyani 20-turda Toshkentda “Bunyodkor” to‘xtatdi (1:2).

Shuningdek, “Navbahor” hisobida bir marta 6 uchrashuv (21-26-turlar) va bir marta 3 bellashuv (1-3-turlar)dan iborat mag‘lubiyatsiz seriya ham mavjud.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda “lochinlar”  hisobida 4 ta o‘yindan (8-9, 11-12-turlar) iborat “quruq” seriya ham mavjud. Bunga izoh sifatida shuni aytish lozimki, 10-turdan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (1:1) bahsi ma’lum sabablarga ko‘ra, 12-tur o‘yinidan keyin o‘tkazilgandi.

Bundan tashqari, jamoamiz 3 marta (14-15, 18-19, 24-25-turlar) 2 ta uchrashuvdan iborat “quruq” seriyani ham qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.     

Bu esa “Navbahor” darvozaboni O‘tkir Yusupovning yuksak mahorati va himoyachilarimizning ishonchli hamda mustahkam himoya qo‘rg‘onini tashkil etishgani bilan bog‘liq.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:24, 17.12.2022.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик