Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanishich Luka Modrich haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Bavariya" futbolchisining fikricha, 37 yoshli yarim himoyachi JCH-2022dan keyin ham terma jamoada qoladi.
“Biz Modrichning ajoyib futbolchi bo‘lib qolayotganini ko‘rdik. Umid qilamanki, u milliy terma jamoada o‘ynashda davom etadi va shunday bo‘lishiga deyarli ishonchim komil. Luka xorvatiyalik barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi", - deya Stanishichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MagentaTV.
Xorvatiya terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Marokashni mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.