Krishtianu Ronalduning singlisi JCH-2022ni tarixdagi eng yomoni deb atadi.
"Barcha davrlarning eng yomon jahon chempionati bizga ajoyib finalni taqdim etdi. Mana o‘yin. Argentinani tabriklayman”, — deb yozadi Katya Aveyro "Instagram"dagi sahifasida.
Shuningdek, u JCH-2022 finalida xet-trik qayd etgan Kilian Mbappeni ham maqtadi.
"Bu yigit aql bovar qilmaydigan darajada. Sizni qanday yorqin kelajak kutmoqda. Shubhasiz, - deb yozgan Aveyro.
Portugaliya JCH-2022 chorak final bosqichida Marokashga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.