Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" "Real"ning zaxira yulduzini sotib olmoqchi

"PSJ" "Real"ning zaxira yulduzini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"PSJ" e’tiborini "Real" vingeri Marko Asensioga qaratdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan va uni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Asensioning "Real" bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirida tugaydi va u erkin agent sifatida ketishi mumkin.

OAV futbolchiga "Barselona" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, qanot hujumchisi Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Asensio joriy mavsum “Real” safida barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:57, 21.12.2022.
O'qildi: 4733 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик