Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bir zarba ortidan...

Bir zarba ortidan...

Baho:
+ | -

Angliya milliy jamoasi omadsiz tepilgan penalti ortidan JCH-2022 yakunining tomoshabiniga aylandi.

Eh, agar jamoadagi ishongan «tog‘» - Garri Keyn Fransiya termasiga qarshi kechgan chorak final uchrashuvi 84-daqiqasida 11 metrli jarima zarbasidan yana gol urganida, inglizlar kurashni davom etirisharmidi? Biroq sardorning zarbasi noaniq chiqdi va Garet Sautgeyt jamoasi yarim final ostonasida to‘xtadi. Endi esa Angliyada Keynga qarshi «urush» e’lon qilindi - fanatlar unga nafrat bilan qarashmoqda.

Futbolchining hayoti shunaqa: Keyn bitta zarba tufayli o‘z vatanida kuchli nafratga uchradi, Fransiyada esa aksincha, unga mehr bilan qarashmoqda. Har holda, muxlislar ijtimoiy tarmoqlar orqali Garriga minnatdorchilik bitilgan xabarlar yo‘llashmoqda. Kamiga 2018 yili Rossiyada o‘tkazilgan JCH arafasida BBC uchun suratga olingan videolavha yana internet kengliklarida «quloch yoza boshladi». Uning qahramonlari - Garri Keyn, regbichi Jonni Uilkinson (JCH-2003da Angliya termasiga g‘alaba keltirgan) va komediyachi Jon Bishop. 

Lavha syujetiga ko‘ra, Keyn jarima nuqtasidan to‘pni darvozaning pastki burchagiga yo‘llaydi. Keyin futbolchi va regbichi o‘rtasida suhbat boshlanadi. «Yo‘q, bunday emas! Senga qanday tepishni ko‘rsataman!» - deydi Uilkinson va to‘pni qattiq zarba bilan ancha yuqoriga tepadi va buning uchun bor kuchni ishlatish zarurligini tushuntiradi. Keyn esa hayratini yashirmaydi: «Hoy, to‘pni bir mil balandroqqa tepding-ku...». Regbichi esa bamaylixotir javob beradi: «Ha, jahon kubogini shunday yutganman. Sen ham qattiq tepsang, chempion bo‘lishing mumkin». Garri esa yelka qisib, xuddi shunday zarbani takrorlaydi va Jonnidan olqish oladi...

4 yil oldin bu video britaniyaliklarni kuldirgandi. Avvalgi JCH arafasida Angliya termasini qo‘llab-quvvatlash uchun tayyorlangan ushbu eski video endi real voqelikka to‘liq mos tushganiga nima deysiz? Aytgancha, fransuzlar 2014 yili sport bilan xayrlashgan Uilkinsonni ham e’tibordan chetda qoldirishmadi. Mamlakatning eng mashhur regbi portali - Rugbyrama Jonniga Keynga bergan maslahati uchun alohida minnatdorchilik izhor qildi. 

So‘z

- Yo‘q, zarbaga qandaydir noto‘g‘ri chog‘langanimni aytolmayman. Shunchaki, o‘sha oqshom zarbam shunday o‘xshovsiz chiqdi. Birinchi penalti zo‘r bo‘ldi, lekin ikkinchisi... Ushbu omadsizlikni qat’iyat bilan qabul qilishim kerak. Albatta, og‘riqli. Sardor sifatida buni o‘z zimmamga olaman. Meni barchasi yigitlarga qanday ta’sir ko‘rsatgani tashvishlantirmaydi. Zero, bizda ajoyib iqtidorlar bor. Garri Keyn.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 21.12.2022.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.