Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Messiga "Oltin to‘p"ni bera ko‘rmang!

Messiga "Oltin to‘p"ni bera ko‘rmang!

Baho:
+ | -1

Messi tarixda kim bo‘lib qoladi? 10, 20, 50 yildan keyin u haqda qanday gapirishadi? Faoliyati yakunida argentinalik uzoq vaqt bo‘ysunmagan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Axir oxirgi katta g‘alaba hammasidan ham muhim emasmi? Messi yana bir nechta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan taqdirda ham, uning yakuniy eng katta yutug‘i 2022 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonish bo‘ldi. Hikoyaning chiroyli yakuni.

Lekin birgina voqea hammasini chalkashtirib yuborishi mumkin. Buning uchun argentinalikka yana bir “Oltin to‘p”ni berish kifoya. Keyin Messi haqida so‘nggi taassurot Jahon chempionligi emas, boshqa narsa bo‘lib qolish ehtimoli bor. Chunki Messi hali ham “PSJ”ni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yetaklashi mumkin. Fransiya chempionatidagi g‘alaba juda nisbiy natija sifatida qaraladi.

Agar “Oltin to‘p” avgustdan iyungacha bo‘lgan butun mavsum uchun topshirilsa (bu shunday taqdim etiladi), unda nega mukofot JCH-2022ning yettita o‘yinida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchiga berilishi kerak? Messi haqiqatan ham Qatarda ajoyib edi. Buning uchun u Jahon chempionatidan tashqari, turnirning eng yaxshi futbolchisi uchun ham mukofot oldi. Ammo "Oltin to‘p" uchun jahon chempionati bosqichlardan biri bo‘lib xizmat qilishi kerak, xolos. Albatta, bu muhim omil, ammo u mavsumning qolgan 90%dan oshib keta olmaydi. Avvalgi jahon chempionatlari o‘tkazilgan yillarni eslashning o‘zi kifoya. 2010, 2014 va 2018 yillarda "Oltin to‘p" umuman jahon chempionlariga berilmagan.

Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, yana azaliy savollar yodga tushadi. Nega Sneyder 2010 yil oxirida sovrin ololmadi? 2021 yil yakunlari bo‘yicha "Oltin to‘p" nega Levandovskiga berilmadi? Levandovski kuboklar va shaxsiy statistika bo‘yicha ham Messidan o‘zib ketgan edi. Ammo yakunda dunyoning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan sovrin kimga berilgani hammaning yodida.

"Oltin to‘p" uchun bir nechta da’vogarlar allaqachon mavjud: Xoland, Mbappe, Neymar, balki Xvicha ham bu mavsumdagi super o‘yini bilan bu ro‘yxatni kengaytirar. Ammo klublar futbolida mavsumning asosiy qismi hali oldinda. Kim o‘sha kuchli saviyada o‘ynashda davom etishini bilmaymiz. Kim qanday sovrin yutishi han aniq emas. Muhimi, jahon chempionati bilan taqqoslanadigan Chempionlar ligasi bor.

Kiritildi: 09:55, 22.12.2022.
O'qildi: 19046 marta.
Fikrlar: 54 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.