Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalar qachon va qayerda o‘tkazilishini e’lon qildi

Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalar qachon va qayerda o‘tkazilishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, Parij-2024 uchun faqat 120ta kvota ajratilgan. 60tasi erkaklar uchun va yana 60tasi ayollar uchun. 60ta kvota o‘z o‘rnida 5ta vazn toifada teng taqsimlanadi.

Erkaklarda ushbu 5ta vazn toifalar: 61 kg, 73kg, 89kg, 102kg va +102kg. Ayollarda esa: -49kg, -59kg, -71kg, -81kg va +81kg

Yana bir ahamiyatli jihati shuki: har bir vazn toifada faqat bir mamlakatdan bir sportchi ishtirok etishi mumkin.

Undan tashqari bir mamlakatdan maksimum 3ta erkak va 3ta ayol sportchi kvota yutishi mumkin (agar Olimpiya reytingida bir mamlakatdan 3tadan ortiq sportchi kvota qo‘lga kiritgan bo‘lsa, unda o‘sha davlat federasiyasi faqatgina 3 sportchini tanlab xalqaro federasiyaga ma’lum qiladi va tanlanmagan sportchi reytingdan olib tashlanadi va undan quyi pog‘onadagi sportchi reytingda yuqorilaydi).

Kuni kecha tashkiliy qo‘mita musobaqa qachon va qayerda o‘tishini ma’lum qildi. O‘yinlar taqvimiga ko‘ra og‘ir atletika musobaqalari 7 avgust sanasidan 11-avgustgacha davom etadi. Musobaqlar Parij Ekspo markazining Janubiy Parij-6 pavilionida bo‘lib o‘tadi.

Reyting ochko taqdim qiluvchi kvalifikasion musobaqalar ham yangilandi.

Ikkita majburiy musobaqa (ushbu musobaqada ishtirok etmagan sportchi Parij yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi):

2023 Jahon chempionati 2-17 sentyabr - Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
2024 IWF Jahon Kubogi 2-11 aprel - Puket, Tailand


Kvalifikasion musobaqalar (sportchilar kamida uchtasida ishtirok etish majburiy xisoblanadi)

2022 Jahon chempionati 5-16 dekabr - Bogota, Kolumbiya
2023 Osiyo chempionati 3-13 may - Jinju, Janubiy Koreya
2023 Gran-Pri I 2-12 iyun - Gavana, Kuba
2023 Gran-Pri II dekabr - Doha, Qatar
2024 Osiyo Chempionati 5-15 fevral - Toshkent, O‘zbekiston

2024 yilning 28 aprel kuni Parij-2024 kvalifikasiya sikli o‘z nihoyasiga yetadi.

Manba: weightlifting.uz
Kiritildi: 21:00, 22.12.2022.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.