Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

«Milliy sport mukofoti-2022» taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

«Milliy sport mukofoti-2022» taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda «Milliy sport mukofoti-2022» taqdirlash marosimi 23 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimini Sport rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi.


Sport bo‘yicha quyidagi nominasiyalar o‘z egalariga topshirildi:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G‘aniyeva (boks)

Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (engil atletika)

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qo‘ziyev (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o‘q otish)

Amputantlar futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov («Matonat futbol» nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)

Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi faxriysi)

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi


Shuningdek OAV xodimlari ham taqdirlandi:

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov

Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Timur Nizayev

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi

Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxo‘jayev


Eng yaxshi terma jamoa, federasiya va tashkilotchi yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlandi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi federasiyasi: O‘zbekiston shaxmat federasiyasi

Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi


Joriy yil davomida sport targ‘ibotini kuchaytirishda hissa qo‘shgan hukumat vakillari va faxriylar:

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi )

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun: Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O‘zbekiston kurash federasiyasi raisi)

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Tanzila Norboyeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbari)

Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbari)

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi


Yilning eng yaxshi murabbiyi, ayol va erkak sportchilari deb quyidagilar tan olindi:

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo bo‘yicha jahon chempioni).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:23, 24.12.2022.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.