Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

OFK 2024 yildan musobaqalarni yangi formatda tashkil qiladi

OFK 2024 yildan musobaqalarni yangi formatda tashkil qiladi

Baho:
+ | -

OFK va nihoyat Elite Club Competition Task Force (elit klublar musobaqalari bo‘yicha ishchi guruh) haqida rasman e’lon qildi. Bu haqda O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev xabar tarqatdi.

Ishchi guruh 2022 yilning martida OFK Ijroqo‘mi qarori bilan tashkil etilgan va unga O‘zPFL ham kiritilgan. Biz qit’a klublari musobaqalarini isloh qilish yuzasidan konkret takliflar kirita olganimizdan xursandmiz. Bugunga kelib Liganing tashkilotda o‘z so‘zi va fikri bor deya olamiz.

2024 yildan boshlab klublar musobaqasi 3 toifaga bo‘linadi va unda jami 76 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston klublari dastlabki ikki toifadagi turnirda qatnashishi ko‘zda tutilgan. Yaxshi bilasizki, UYEFA ham klublar musobaqasini uch toifaga ajratgan.

Birinchi toifali musobaqa

OFK Chempionlar ligasini kuchaytiradi va hatto mukofot pullarini ham yaxshigina oshiradi. Endilikda unda 24 ta klub ishtirok etadi va ular 12 tadan ikki mintaqaga ajratib olinadi. Aytaylik, O‘zbekistonning biror klub(lar)i g‘arb mintaqasining qolgan 11 ta klubiga qarshi to‘p suradi. Bunda guruhlar bo‘lmaydi. Klub(lar)imiz yuqoridagi 11 ta klubdan 8 tasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi: 4 ta uy va 4 ta safar o‘yini. Ya’ni, kimlar bilandir uyda o‘ynaymiz, boshqa kimlar bilandir safarda. Hammasini qur’a aniqlab beradi.

1/16 finalga shular orasidan 8 ta (sharqni ham qo‘shsak 16 ta klub yo‘l oladi). Bu bosqichdagi o‘yinlar uy-safar tizimida bo‘lib o‘tadi.

Chorak finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan o‘yinlar markazlashgan holda 1 ta mamlakatda o‘tadi va barcha uchrashuvlar faqat 1 martadan o‘tkaziladi.

Ikkinchi toifali musobaqa

Bunda 32 ta klub ishtirok etadi va OFK ularni 8 ta guruhga taqsimlaydi. Klassik ko‘rinishdagi bu formatga ko‘p to‘xtalmaymiz, chunki sizda bu borada tasavvur allaqachon mavjud. O‘zbekiston klublari bunda ham qatnashadi.

Legioner futbolchilar limitini OFK 2023 yilning avgustidan boshlab 5+1 ga qadar oshirdi. 1 dekabr kuni O‘zPFL ham limitni aynan 5+1 qilib belgilagandi.

2024 yildan boshlab OFK limitni butunlay olib tashlamoqchi. Bizda esa hozircha 2003 yildan keyin tug‘ilgan legionerlar uchun cheklov yo‘q. Klublarimiz butun dunyo bo‘ylab yosh iqtidorlarni ov qilishga o‘tishadi, degan umiddamiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:12, 24.12.2022.
O'qildi: 5097 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.