Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Braziliya iqtidorlar yurti. Yangi porlayotgan yulduzlar

Braziliya iqtidorlar yurti. Yangi porlayotgan yulduzlar

Baho:
+ | -

 Futbol Braziliyaning “Joga bonito”si sababli juda ham ko‘p muxlislariga ega. Ronaldinyoning sehri-yu Neymarning fintlari, Ronaldoning fenomenligi-yu, Karlosning jarima zarbalari futbolni yana ham mashxur qilgan, ommalashtirgan. Braziliyada shunday, ular futbolni  chiroy uchun o‘ynaydi va muxlislarning ko‘nglidan shu sabab joy olishadi. Ular iqtidorlar yurti, Braziliyadan yosh vunderkindlar yetishib chiqaveradi. Sabab oddiy, ularning asosiy qismi nochor axvolda yashashadi. Yaxshi xayot esa ularga futbol orqali beriladi. Quyida esa Braziliyada yetishib chiqayotgan yana bir “oltin avlod” haqida gaplashamiz. Ular biz tanigan Vini va Rodrigolar emas, ulardanda yoshroq va ko‘pchilik tanib ulgirmagan yoshlar.

 5. Mateus Martins 19 yosh (Fluminense)

Mateus Martins ro‘yxatimizdagi futbolchilar orasida nisbatan yoshi kattaroq va eng muhimi Yevropaga bo‘lgan sayoxatidagi ilk manzili aniq bo‘lib ulgurgan futbolchi hisoblanadi. 2003 yilda tug‘ilgan vunderkind yevropalik aksariyat tengdoshlaridan ortda qolayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu uning iqtidoriga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi. Martins 2023 yildan boshlab Italiyaning “Udeneze” klubi a’zosiga aylanadi. Shunday ekan u hozir chamadonini yag‘ishtirish haqida o‘ylayversa bo‘ladi. Uning o‘yin uslubi haqida ham yaxshi fikr yurita olaman. Jarima maydoniga yorib kirish va qanotdagi aktivligidan Adama Traoreni eslatib yuboradigan futbolchining yana bir ustunligi bu – to‘pni haddan tashqari yaxshi his eta oladi. Harakatlarini ko‘rib, omadli futbolchi deyish mumkin. Ya’ni uning fintlari o‘z-o‘zidan o‘xshab qolgandek ko‘rinadi. Taxminan Roberto Firminoning tezkor va qanotdagi varianti desak ham bo‘ladi. Ammo hali Firmino darajasida emas, u endi ko‘proq mehnat qilishi kerak.

4. Jiovani 18 yosh (Palmeyras)

Jiovani yaqin-yaqingacha katta iqtidor sifatida ko‘rilmagan futbolchi hisoblanadi. Uning asosiy yutug‘i qisqa vaqt ichida qilgan mehnatlarida. Futbolchi 1 yil ichida ajoyib progress namoyish etganligi uchun ham birdaniga shov-shuv uyg‘otdi. Chapaqay futbolchi o‘ng qanotda, vaziyatga qarab chapda ham o‘ynay oladi. Uning yana bir ustunligi o‘z qanotidagi pressinglarda maksimal darajada ishlay olishi. Jiovanida yaxshi “kardio” bor. Umuman mexnatdan qochadigan futbolchi emas. Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, agar u pressingda to‘pni olib qo‘ysa, raqib jamoasi darvozaboni havfsirashi kerak. Chunki, vunderkind nafaqat o‘zi gol urishi, balki bir nechta fintlar bilan raqiblarni ortda qoldirib, yaxshiroq pozisiyadagi sherigiga to‘p yetkazishi mumkin. Uni qaysidir braziliyalikka qiyoslay olmadim. U boshqacharoq futbolchi.

3. Mateus Franka 18 yosh (Flamengo)

Flamengo tarkib jig‘atidan Braziliyadagi eng kuchli jamoa. Ular tarkibida raqobat ham daxshatli bo‘lishi aniq. Shunday raqobatda toblangan Frankaning ham kelajagi yorqin bo‘lsa kerak. Uning o‘yinlarini ko‘ra turib, hozir ham “tatal futbol” bo‘lganida Franka so‘zsiz o‘sha jamoaning asosiy maqsadi bo‘la olardi derdim. Barbir uni qaysidir kattaroq jamoa o‘z safiga qo‘shib oladi. Franka universal futbolchi. Undan qanot himoyasidan tortib, markaziy hujumchigacha istalganida foydalanish mumkin. Kerak joyida, Kazemiro yoki-da Koutinyoni “yoqib oladigan” iqtidorni yevropalik skauutlar allaqachon payqagan bo‘lishsa kerak. Braziliyada esa Frankani Sokrates bilan solishtirish boshlab yuborilgan. Men esa futbolchining harakatlarini Lukas Paketanikiga o‘xshatdim. Balki o‘z ustida ko‘proq ishlasa, Franka rostdan ham “futbol doktori” drajasiga yeta olar.

2. Vitor Roke 17 yosh (Atletiko Parenense)

Yevropaning top-klublari kimga yosh Neymar kerak. Mana o‘sha iqtidor. Vitor Roke rostan ham Neymarni eslatib yuboradi. Nafaqat o‘yin uslubi balki, yoshligidanoq klublar o‘rtasida sud jarayonida bo‘lgani ham. Esingizda bo‘lsa, Neymar ham o‘zi o‘ynagan klublar bilan sudlashgan va bunga FIFA aralashgan. Aytgancha, Roke simulyasiyani ham o‘xshatadi. Roke 16 yoshidan rekordlar o‘rnatishni boshlab yuborgan. 2022 yil bahorida “Kruzeyru” futbolchini hozirgi jamoasiga 24 million yevroga sotgan. To‘g‘ri bu holat bo‘yicha sud ishi ochilgan. Ammo “Atletiko Parenense” uchun bu transfer eng qimmati bo‘lgan. Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishini hisobga olsak, Roke o‘zini ko‘rsatib tursa, “Atletiko”ga kattaroq foyda olib keladi. Taxminimcha, Roke mehnat qilishda davom etsa, undan Neymar chiqadi. Faqat undan yulduzlik kasali sal ertaroq boshlangan ko‘ridani.

1. Endrik 16 yosh (Palmeyras)

 Xa, bu o‘sha, 2024 yilda “Real” tarkibiga kelib qo‘shiladigan vunderkind. Hali juda yosh yigitcha. Uning futbolchilik faoliyatini boshlashi juda qiyin bo‘lgan. Uning iqtidorini ko‘rgan otasi, yigitchani futbol akademiyalariga olib borgan va bir talabi tufayli Endrik futboldan chetda qolishiga oz qolgan. Yani Endrikning otasi o‘g‘li shug‘ullanadigan klub akademiyasidan ish topmoqchi bo‘lgan. Buning sababi oiladagi nochorlik. Barcha klublar akademiyada ish yo‘qligi sababli Endrikni rad etgan. Ammo “Palmeyras” Endirikning otasini farrosh sifatida ishga olgan va vunderkindga ega bo‘lgan. Endrikning o‘yin uslubi haqida ortiqcha to‘xtalish shart emas menimcha. “Real” katta summaga uni xarid qildimi? Demak bolakayda rostan ham iqtidor bor. Endirik oilangni nochorlikdan olib chiqish payti keldi. Aytgancha u hali endigina 16 yoshga to‘lgan. 

Mirjalol Pardaboyev maqolasi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:41, 25.12.2022.
O'qildi: 3917 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.