"Arsenal"ning sobiq darvozaboni Devid Simenning fikricha, "kanonirlar" yangi tayanch yarim himoyachi va hujumchini yanvar oyida sotib olishga harakat qilishlari kerak.
"Ehtimoliy jarohatlar tufayli biz o‘yinchilar yetishmayotgan pozisiyada ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Men tayanch yarim himoya pozisiyasi haqida gapiryapman.
Agar Partey va Jaka jarohat olishsa, bu yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lmaydi, ammo bu bizning hayotimizni qiyinlashtirishi mumkin.
Shuningdek, yaxshi formadagi hujumchini taklif qilish haqida o‘ylash yaxshi bo‘lardi, ammo bu yanvar oyidagi transfer oynasida imkoniyatsiz" - dedi Simen Daily Express bilan suhbatda.