Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar 2-4 Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya 2-2 Indoneziya
25/04 23:00 Udineze 1-2 Roma
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Agueroning g‘alati hiylasi. Qaydnomada yo‘q futbolchi chempionlik medali bilan!

Agueroning g‘alati hiylasi. Qaydnomada yo‘q futbolchi chempionlik medali bilan!

Baho:
+ | -

Jahon chempionati tarixidagi eng dramatik final uchrashuvlaridan biriga barchamiz guvoh bo‘ldik. Unda Argentina terma jamoasi amaldagi chempion Fransiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va o‘z libosiga uchinchi yulduzni qo‘shib qo‘ydi. Yangi chempionlar orasida milliy terma jamoaning sobiq hujumchisi Serxio Aguero bo‘ynidagi medal bilan ko‘zga tashlandi. Bu muxlislarda bir qator savollarni tug‘dirdi.

Kun bir yil oldin faoliyatini yakunlagan va Argentina terma jamoasi uchun Qatarda hech qanday rolga ega emas edi. Afsonaviy hujumchi jahon chempionatiga o‘zini sharhlovchi sifatida sinab ko‘rish uchun kelgan. Serxio chempionlikni nishonlash paytida eng ko‘zga ko‘ringan figuraga aylandi (albatta, Messini hisobga olmaganda). U finalga so‘nggi hushtak chalinganidan so‘ng do‘sti Leoning yelkasidan qoqib qo‘ydi, yechinish xonasiga bo‘ynida medal osilgancha yo‘l oldi va negadir jonli efir payti fransuz yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani haqorat qildi.. Umuman olganda, jamoatchilikda savollar paydo bo‘ldi - Kunning Argentinaga qanday aloqasi bor?

Aguero klubda ham, xalqaro miqyosda ham ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan. Uning eng yaxshi yillari «Manchester Siti»da bo‘lib, u yerda 390 ta o‘yinda 260 ta gol urib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Terma jamoada ham Kun yomon o‘ynamagan, uning hisobida 101 o‘yindagi 41 ta gol va 19 ta golli uzatma mavjud. U Lionel Messi va Anxel Di Mariya bilan birgalikda 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida g‘olib chiqqan.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2022 uchun ajoyib yordamchilar jamoasi bilan Qatarga yo‘l oldi. Uning yordamchilari sobiq futbolchilar Valter Samuel, Roberto Ayyala va Pablo Aymar edi. Shuningdek, shtab-kvartirada terma jamoada o‘ynamagan, ammo unga aloqador ishlarni a’lo darajada bajargan mutaxassislar bor edi. Biroq Aguero bu mashhur jamoa qatorida emasdi.

«Menda Skalonining shtab-kvartirasiga taklifnoma bor edi, men Chiki (Klaudio Tapiya, Argentina futbol assosiasiyasi prezidenti) bilan gaplashdim. Unga Qatardagi vaqtimdan zavqlanishni xohlayotganimni aytdim, lekin muxlis sifatida», dedi Aguero turnir oldidan ESPNga.

Sobiq hujumchi yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli 2021 yilning kuzida professional faoliyatini yakunlagandi. O‘shandan beri Aguero ko‘pincha futbolchilar va boshqa mashhurlar davrasida dam oldi. Albatta, u oddiygina Qatar safarini e’tiborsiz qoldira olmadi. Qolaversa, Serxio hattoki jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi! Sobiq hujumchining asosiy xizmati esa do‘sti Lionel Messiga dalda berganida bo‘ldi. Jumladan, Aguero va Messi an’anani davom ettirdilar va yana yirik turnirda bitta mehmonxona xonasiga joylashishdi.

Final oldidan Serxio murabbiylar shtabiga kiritilgani haqida ma’lumot bor edi. Biroq shunga qaramay Messining eng yaqin do‘stiga medal olish uchun hech qanday sabab yo‘q edi, shuning uchun u futbolchilardan birining mukofoti bilan suratga tushdi, ya’ni birovning medalini bo‘yniga ildi. Agueroning oddiy qilig‘i yaqin kunlar davomida OAVning bosh mavzularidan birigi aylandi. Ammo oradan yillar o‘tib, mavzuga chuqur kirmagan odamlarda Aguero chempionlar jamoasining bir qismi bo‘lgandek taassurot uyg‘onishi mumkin. Qoyil! Serxio PRning oyog‘ini osmondan qilib yuboruvchi kuchga ega ekan. Nima bo‘lgan taqdirda ham Kun «albiseleste»ning tumoriga aylanishi shubhasiz. Messi bilan ko‘p yillik yaqin do‘stlik barchasidan ustun. Serxio do‘stiga oxirigacha ishondi - u Lionel turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga 1001 dollar tikdi va o‘z garovida 8 martadan ko‘proq yutdi.

Kiritildi: 21:54, 26.12.2022.
O'qildi: 7326 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.