Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Yevropa futbolidagi eng asosiy intrigalar

Yevropa futbolidagi eng asosiy intrigalar

Baho:
+ | -

Klub futboli asta-sekin o‘z o‘rniga qaytmoqda. Avval Angliya Liga kubogi, keyin esa Premyer-liga va boshqa chempionatlar boshlandi. Klub mavsumining birinchi qismi ba’zi qiziqarli jihatlari bilan yodda qoldi. Ikkinchi yarmi esa birinchisidan qiziq bo‘lishiga ishora qilyapti. Keling, biz mavsumning ikkinchi qismidagi asosiy intrigalarga to‘xtalib o‘tamiz.

"Napoli" 32 yil ichida ilk skudettosini yutadimi?

Oxirgi paytlarda shunday mavsumlar bo‘ldiki, "Napoli" chempionlikka yaqin kelgan, ammo o‘z orzusiga erisha olmagan. Joriy yilda neapolliklar yana Skudettoga da’volarini ko‘rsatishdi. Mavsum oxirigacha hali uzoq, ammo “adzurrilar” endi Italiya chempionligi uchun asosiy da’vogarlar hisoblanadi. Luchano Spaletti jamoasi mavsumning birinchi qismini kuchli o‘tkazdi.

Birinchidan, neapolliklar milliy chempionatda qatorasiga 11 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan. Ikkinchidan, ular A Seriyaning 15 turida biror marta ham mag‘lub bo‘lishmagan. Turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisidan “Milan”dan farq 8 ochkoni tashkil qilmoqda. Neapolliklar oxirgi marta 1990 yilda Italiya chempioni bo‘lishgan edi.

Gvardiola shogirdiga yetib oladimi?

Joriy mavsumda "Arsenal" Premyer-liga chempionligi uchun kurashning jiddiy ishtirokchisiga aylandi. Bir tomondan, kutilmaganda. Boshqa tomondan, "kanonirlar" bo‘lmasa, "Manchester Siti" bilan kim raqobatlashadi? "Liverpul"da kadrlar muammosi bor, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" raqobatbardosh jamoalarni shakllantirish ustida ishlashda davom etmoqda, "Chelsi" esa butunlay qayta qurishga o‘tdi. Londonliklar futbolchilarga ko‘p sarmoya kiritdilar, yosh murabbiyga ishondilar, kutdilar, chidashdi va endi nihoyat jiddiy narsaga da’vo qilishlari mumkin.

Mikel Arteta "Arsenal" bilan 2 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, biroq unga Xosep Gvardiola shtabidan ketganidan keyin ham uzoq vaqt shubha bilan qaraldi. Endi taniqli ispaniyalikning shogirdi Premyer-liga turnir jadvalida ustozidan 5 ochkoga oldinda va undan Angliya chempioni unvonini tortib olishga ahd qilgan. Ammo "kanonirlar" butun mavsum uchun yetarlicha kuchlimi?

Ularning ortida dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri boshchiligidagi Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bor. Qolaversa, “shaharliklar”da Erling Xoland va jahon chempioni Xulian Alvaresdek gol “mashinalari” bor.

"Nyukasl" Premyer-ligada kuchli to‘rtlikda qoladimi?

"Nyukasl" bu mavsumda Premyer-ligadagi eng katta syurprizlardan biri bo‘ldi. Shu paytgacha “so‘ng‘izlar” 8 ta g‘alabaga erishdi (ligada 5-o‘rin) va faqat bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. Bu "Arsenal" bilan birga APLdagi eng yaxshi natija. Bundan tashqari, Eddi Xau jamoasi 30 ta gol urdi (ligada 4-o‘rin) va 11 ta gol o‘tkazib yubordi (yana “Arsenal” bilan birga Premyer-ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich). "Nyukasl" hozirgacha 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Mavsum oxirigacha "magpiylar" kuchli to‘rtlikda qola oladimi? Qariyb 20 yildan beri Chempionlar ligasida o‘ynamagan jamoa uchun bu katta muvaffaqiyat bo‘lar edi. "Nyukasl" mavsumning birinchi qismida barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Tanaffusdan keyin nima bo‘lishini kim biladi. Ularning kuchli to‘rtlik uchun kurashda jiddiy raqiblari bor: "Tottenxem", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Liverpul". Bu klublarning barchasi hozirda “Nyukasl”dan orqada. Bu ham jamoaga ishonch berishi, ham unga qo‘shimcha bosim yaratishi mumkin.

"Oltin butsa"ni kim qo‘lga kiritadi?

Xoland darhol Premyer-ligada shunchalik ko‘p gol ura boshladiki, ko‘pchilik unga muddatidan avval "Oltin butsa"ni taqdim etdi. Albatta, bu haqda gapirishga erta, ammo “Manchester Siti” forvardida joriy mavsum yakunida ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun juda katta imkoniyatlar bor. U 18 ta gol bilan top-ligada to‘purar bo‘lib turibdi. Albatta, tanaffusdan keyin dam olgan norvegiyalik futbolchi kamida 2 barobar ko‘proq gol urishga harakat qilishi aniq.

“Oltin butsa” uchun kurashda Xolandning raqiblari “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski (13 gol), “RB Leypsig” yarim himoyachisi Kristofer Nkunku (12) va “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe (12) bo‘lishi mumkin. Bu futbolchilarning barchasi o‘z ligalarida eng yaxshi to‘purarlar. A Seriya vakillari, ehtimol, bu mavsumda “Oltin butsa” uchun kurashmaydi. Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari "Napoli" hujumchisi Vikor Osimxenda 9 gol bor.

Kiritildi: 01:00, 27.12.2022.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.