Germaniyalik sobiq himoyachi Filipp Lam bu yil kimni eng yaxshi futbolchi deb bilishi haqidagi savolga javob berdi.
“Bu savolga javob berish har doim qiyin. Bu yil jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan kishi bo‘lishi kerak. O‘ylaymanki, rivojlanishda davom etayotgan Dortmundning "Borussiya" klubidan Jud Bellingemni nomlagan bo‘lardim. U o‘z jamoasining asosiy o‘yinchisi.
Jamol Musialani ham alohida ta’kidlagan bo‘lardim. 2022/23 yilgi mavsumda u "Bavariya"ning deyarli barcha o‘yinlarida hal qiluvchi rol o‘ynadi va jahon chempionatida uchta yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Bular ajoyib o‘yinchilar deb aytardim", - deya Lam so‘zlarini keltiradi Goal.
Bellingem joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022da Senegalga qarshi o‘yinda (3:0) bitta gol urdi.